Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dushanbeda Emomali Rahmon Qozog‘iston vakilini qabul qildi
17:50 / 2026-02-17

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan norasmiy xabarlar ortidan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon omma oldida ko‘rinish berdi va davlat rahbari faoliyatini davom ettirayotganini tasdiqladi.

16-fevral kuni Emomali Rahmon Dushanbeda Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Yermek Qosherbayev bilan muzokara o‘tkazgan. Uchrashuv davomida tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratgan.

Prezident matbuot xizmati ma’lum qilishicha, muloqot Tojikiston va Qozog‘iston munosabatlaridagi ijobiy o‘sish sur’atini yana bir bor namoyon etgan.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA