Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dushanbeda 2024-yil uchun Harakatlar rejasi imzolandi
15:21 / 2024-04-12

Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Javlon Vahobov Dushanbe shahriga amalga oshirilgan amaliy tashrif doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi rahbari Xayriddin Usmonzoda bilan uchrashdi.

Dastlab tomonlar O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatni yuqori baholab, hamkorlikni yanada rivojlantirish ikki mamlakat manfaatlariga mos kelishini ta’kidladi. Shu nuqtayi nazardan, Xayriddin Usmonzoda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashda qardosh mamlakatlar rahbarlarining rolini muhim deb atadi.  

Uchrashuvda, shuningdek, ikki mamlakat ekspert va tahliliy hamjamiyatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi alohida qayd etildi. Xususan, Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi tomonidan Dushanbe shahrida ikki mamlakat yetakchi ilmiy-tadqiqot va tahliliy tuzilmalari vakillari ishtirokida anjuman tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.  

Qayd etilganidek, ushbu tadbirning dolzarbligi davlatlar kun tartibining muhim masalalari bo‘yicha yagona to‘xtamga kelish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash zarurligi bilan belgilanadi.  

Muloqot yakunida tahliliy markazlar rahbarlari institut va markazning 2024-yil uchun Harakatlar rejasini imzoladi. Hujjatda o‘zaro tashriflar tashkillashtirish, ekspertlarning ikki mamlakat tahliliy markazlari tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, oliy darajadagi uchrashuvlar va muzokaralar oldidan ikki tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazish va shu orqali ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish ko‘zda tutilgan.  

B.XUDOYBERDIEV, O‘zA