Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dushanbe shahri maydoni 7,7 ming gektarga kengaydi
14:45 / 2019-01-31

Dushanbe shahrining maydoni Rudakiy tumanidagi Sariqishti, Guliston, Navobod, Chortepa, Choryakkoron, Rossiya va Chimtepa qishloq kengashlari hisobiga 7,7 ming gektarga kengaydi.


Dushanbe shahrining maydoni Rudakiy tumanidagi Sariqishti, Guliston, Navobod, Chortepa, Choryakkoron, Rossiya va Chimtepa qishloq kengashlari hisobiga 7,7 ming gektarga kengaydi.

Endilikda Tojikiston poytaxtining maydoni 20 ming 318,25 gektarni tashkil qiladi. “Poytaxt maʼmuriyatiga qoʻshilgan hududlarda sanoat korxonalari, osmonoʻpar binolar qad rostlaydi, yangi maktablar, shifoxonalar paydo boʻladi, yoʻllar va boshqa inshootlar quriladi”, deya taʼkidladi Tojikiston hukumati qoshidagi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi Jamshed Ahmadzoda.

2017 yilda hukumat tomonidan qabul qilingan “Dushanbe shahrining Bosh rejasi” haqidagi qarorda, poytaxt hududi 2025 yilga qadar 18 ming gektarga, 2040 yilga borib esa 25 ming gektarga kengaytirilishi taʼkidlangan edi.

Yaqinda Tojikiston Geodeziya va Yer boshqarmasi Davlat qoʻmitasi idora mutaxassislari tomonidan Dushanbe maʼmuriyatiga topshiriladigan Rudakiy tumanidagi ayrim qishloq kengashlaridagi yer boshqaruvi toʻgʻrisidagi zarur hujjatlar tayyorlangani haqida maʼlum qilgan edi.

Mutaxassislarning fikricha, ichki migratsiya va tugʻilish darajasi koʻpligi hisobiga poytaxt aholisi 1 million kishidan oshib ketdi.