Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Durdiyorlik ehtiyojmand ayollarga tikuv mashinalari topshirildi
13:39 / 2022-08-27

Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi Dirdiyor mahallasi eng chekka va og‘ir hududlardan biri hisoblanadi.

Ayni kunda 3 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilayotgan ushbu mahallada ichimlik suvi tizimini yangilash, yo‘llarni ta’mirlash, gaz va elektr ta’minotini yaxshilash, mahallada maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etish, qishloq vrachlik punkti tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, mahallada aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalarning doimiy daromad manbaini shakllantirish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. 

Mahallada o‘tkazilgan xatlov natijasida ishsiz xotin-qizlar aniqlanib, ular bilan suhbatlar o‘tkazildi, qiziqish va imkoniyatlari o‘rganildi. Suhbatlarda bir guruh ayollar agar imkoniyat yaratib berilsa, o‘z xonadonida tikuvchilik bilan shug‘ullanish istagi va imkoni borligini bildirgan. Ana shundan kelib chiqib, tuman hokimligi tomonidan mustaqillik bayrami arafasida mahalladagi ehtiyojmand 7 nafar ayolga subsidiya asosida ikkitadan zamonaviy tikuv mashinasi topshirildi.

–Asli chevarlik hunari bo‘lgan ana shu opa-singillarimiz endi o‘z xonadonlarida tikuvchilik bilan shug‘ullanishi mumkin, – deydi Paxtaobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari O. Rasulov. –  Shu orqali daromad topish, oilasi byudjetiga qo‘shimcha mablag‘ kiritish imkoniga ega bo‘ldi.

Nafaqat Durdiyor mahallasida, umuman, Paxtaobod tumanida aholining muammolarini bartaraf etish, bandligini ta’minlash, turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan yuqoridagi kabi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 

F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA