Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoning yetakchi moturidiyshunos olimi bilan uchrashuv
15:14 / 2025-09-15

Hozirgi kunda Prezidentimiz rahbarligida diniy sohada olib borilayotgan islohotlar tufayli mamlakatimizdan yetishib chiqqan, jahon ilm-ma’rifati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab allomalarning boy ilmiy merosini chuqur tadqiq etish imkoniyati tug‘ildi. Prezidentimizning 2025 yil 14 martdagi “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ham ma’naviy hayotimizdagi muhim voqealardan biri bo‘ldi.

Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida xorijlik olim va mutaxassislar ishtirokida ilmiy seminarlar tashkil etilmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan taniqli moturidiyshunos olim, Istanbul universiteti ilohiyot fakulteti professori, doktor Hamza Bakriy ishtirokida o‘tkazildi.

Ilmiy seminarda professor Hamza Bakriy tinglovchilarga aqidaga oid masalalar, mazhablar va zamonaviy g‘oyaviy muammolar haqida to‘xtalib, ularning yechimlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Mazkur o‘quvlarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, shuningdek, Toshkent islom instituti, Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom bilim yurti hamda Qozog‘iston va Qirg‘izistondan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirok etdi.

Bu kabi tadbirlar muammoli masalalarga yechim topishda, mamlakatimiz islomshunos olim va mutaxassislarining bilim va malakasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

M.Qosimova, O‘zA