BMT Xavfsizlik Kengashining uchta doimiy a’zosi — Rossiya, Xitoy va Fransiya Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashib ketmasligi uchun Tehronni vazmin bo‘lishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” nashri.
Ta’kidlanishicha, ularning asosiy maqsadi – mintaqada keng ko‘lamli urushning oldini olish, tomonlarni harbiy to‘qnashuvlardan qaytarish va diplomatik muloqot kanallarini saqlab qolishdir.
Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozim G‘aribobodiy aytishicha, Tehron ziddiyatni kengaytirish niyatida emas. Shu bilan birga, o‘lka o‘z milliy manfaatlari va hududiy yaxlitligiga bo‘lgan har qanday tajovuzga munosib javob qaytarish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Ko‘pgina davlatlar AQSH-Isroil blogi bilan Eron o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv butun Yaqin Sharqni qamrab oluvchi, nazorat qilib bo‘lmaydigan urushga aylanib ketishidan jiddiy xavotirda. Shu sababli mazkur chaqiriq mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida muhim diplomatik qadam sifatida qaralmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA