Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoning yetakchi aviakompaniyalari Xitoyga parvozni bekor qilmoqda
15:26 / 2020-01-31

“American Airlines” aviakompaniyasi kasaba uyushmasi xodimlari koronavirus epidemiyasi sababli Xitoyga parvozlar ma’lum muddat to‘xtalishini talab qilib aviakompaniyaga nisbatan sud da’vosi bilan chiqdi.


“American Airlines” aviakompaniyasi kasaba uyushmasi xodimlari koronavirus epidemiyasi sababli Xitoyga parvozlar ma’lum muddat to‘xtalishini talab qilib aviakompaniyaga nisbatan sud da’vosi bilan chiqdi.

Uchuvchilarning talabiga bort kuzatuvchilar kasaba uyushmalari ham qo‘shildi.

Jahondagi eng yirik aviatashuvchilardan biri hisoblangan “American Airlines” har kuni AQShdagi uchta aeroportdan Xitoyga bir nechta samolyot parvozlarini amalga oshiradi.

Da’vo arizasida ta’kidlanishicha, hozirda koronavirus insonlar salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi. Kasaba uyushmalari rahbari uchuvchilarga murojaat qilib, Xitoyga bo‘ladigan parvozlardan voz kechishga chaqirdi.

“American Airlines” 1 fevraldan boshlab Pekin va Shanxayga Los-Anjelesdan bo‘ladigan parvozlarni bekor qildi, ammo Dallasdan parvozlar davom etmoqda, deyiladi “Bloomberg” xabarida.

Amerikaning boshqa yirik “United Airlines” va “Delta” aviakompaniyalari Xitoyga parvozlarni keskin qisqartirdi. Jahondagi bir nechta yirik aviakompaniyadan, jumladan “British Airways”, “Lufthansa”, “Virgin Atlantic” va “Air France” ham Xitoyga parvozlarni to‘xtatdi.

2003 yilgi pnevmoniya epidemiyasi vaqtida ham Xitoyga parvozlarni to‘xtatmagan “Air France”, 30 yanvar kuni ekipaj a’zolarining talablariga binoan Pekin va Shanxayga parvozlarni bekor qildi.