Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoning “TOP-1000” universitetlaridan biri bilan hamkorlik o‘rnatildi
11:56 / 2021-06-13

Oliy ta’lim yo‘nalishida dunyodagi yetakchi ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik ta’lim sifati va samaradorligida dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Sohalar bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash, ularning malaka va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

Yaqinda Toshkent davlat yuridik universiteti va Hindistonning O.P.Jindal Global universiteti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Shu munosabat bilan ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan marosimda ikki universitet rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.  

Onlayn uchrashuv avvalida universitetlarning rektorlari tomonidan o‘z oliy ta’lim muassasalari, ta’lim jarayoni, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va xalqaro hamkorlik xususida ma’lumot berildi.

Ta’kidlash joiz, O.P.Jindal Global universiteti yuridik ta’lim va fan sohasida dunyoda kuchli yuzlikka kiruvchi yetakchi universitetlardan hisoblanadi. Universitetda 569 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Ayni paytda oliygohda 5100dan ziyod talaba ta’lim oladi. Jindal universiteti QS World University Rankings reytingiga ko‘ra, dunyoning eng nufuzli “TOP-1000” universitetlaridan biri hisoblanadi.

Uchrashuvda imzolangan bitim hamda undan ko‘zlangan maqsad-vazifalar haqida so‘z yuritildi. Qayd etilganidek, mazkur hujjat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish, stajirovka, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.  

Hujjatga ko‘ra, ikki universitet hamkorlikda turli ilmiy loyiha va tadbirlarda ishtirok etadi hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda amalga oshiradi. Bundan tashqari, bitim doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi faoliyatini yanada takomillashtirsh ham ko‘zda tutilgan.  

Muhtarama Komilova, O‘zA