English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoning moliyaviy eng barqaror futbol klubi eʼlon qilindi
20:32 / 2020-02-14

Soccerex kompaniyasi tahlilchilari har bir jamoaga beshta koʻrsatkich boʻyicha indeks taqdim etdi.


Soccerex kompaniyasi tahlilchilari har bir jamoaga beshta koʻrsatkich boʻyicha indeks taqdim etdi.

Bular: oʻyinchilarning transfer narxi, moddiy aktivlari, pul mablagʻlari, klub egalarining investitsiya imkoniyatlari va qarzi.

Fransiyaning PSJ klubiga 5,318 indeksi ravo koʻrildi va u roʻyxatning birinchi pogʻonasiga koʻtarildi. Ikkinchi oʻrinni Angliyaning “Manchester Siti” (5,197) egalladi. Uchinchi oʻrin Myunxenning “Bavariya” (3,888) klubiga nasib etdi. Kuchli beshtalikdan Londonning “Tottenxem” (3,441) va Madridning “Real” (3,336) klublari ham joy olgan.