Bugungi kunda dunyo bo‘yicha eng yuqori IQ egasi sifatida Kaliforniya universitetining Los-Anjelesdagi kampusida faoliyat yuritayotgan 50 yoshli professor Terens Tao tan olingan. Bu haqda Science Focus nashri xabar berdi.
Tao IQ ko‘rsatkichi 230 deb baholangan bo‘lib, bu hozirgacha qayd etilgan eng yuqori natijalardan biridir (odatda IQ 200–250 oralig‘ida hisoblanadi). U yoshligidan daho sifatida tanilgan — to‘qqiz yoshida universitet darajasidagi matematikani o‘rgangan, 16 yoshida esa Prinston universitetida aspiranturaga o‘qishga kirgan.
20 yoshida doktorlik ilmiy darajasini olgan Terens Tao 24 yoshida professorlik darajasiga erishgan. U 18 ta ilmiy kitob va 300 dan ortiq maqolalar muallifi bo‘lib, matematika sohasidagi eng nufuzli mukofot — Filds medali sohibidir. Tao 10 yoshida Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritgan eng yosh ishtirokchi hisoblanadi.
Matematika tarixidagi eng muhim ishlaridan biri — Ben Grin bilan birgalikda tub sonlar arifmetik progressiyasi mavjudligini isbotlagan teoremasidir. Bu yutuq sonlar nazariyasida inqilobiy ahamiyat kasb etgan.
Qiziqarli jihati shundaki, 2025 yilda Tao ChatGPT yordamida Python kodini yozib, matematik muammolarni hal qilishda vaqtni tejaganini e’tirof etgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pvumK7RXTso" title="Dunyoning eng yuqori IQ egasi — Terens Tao" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA