Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoning eng uzun tunneli Eron bilan Qatarni bog‘laydi
19:34 / 2022-02-22

Eron Fors ko‘rfazi orqali Qatarga olib boruvchi dunyodagi eng uzun tunnelni qo‘rmoqchi, deya xabar berdi “Forbes” nashri.

Yo‘llar va shaharsozlik vaziri Rustam G‘asimiy ma’lum qilishicha, prezident Ibrohim Raisiyning Qatarga tashrifi doirasida tomonlar tranzit, dengiz va havo transporti sohasida to‘rtta kelishuv imzolaydi.

“IRNA” agentligi xabariga ko‘ra, oliy darajali uchrashuvda port shahar Deyyardan Qatarga suv osti yo‘li qurish masalasi ham muhokama qilinadi.

Ma’lumki, kecha mazkur arab davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Taniy taklifiga binoan, rasmiy tashrif bilan Qatarga yetib borgan Raisiy bugun Dohada bo‘lib o‘tayotgan Gaz eksport qiluvchi mamlakatlar forumida ishtirok etdi.

– Eronni Qatar bilan bog‘laydigan ushbu inshoot temir yo‘l va avtomobil infratuzilmasini o‘z ichiga oladi, – deyiladi xabarda.

Tomonlar birinchi navbatda texnik-iqtisodiy asoslash jarayoniga kirishadi. Eslatib o‘tamiz, Qatar yarim orolining shimoliy nuqtasiga eng yaqin Eron hududi Deyyar porti. Aytishlaricha, qurilajak bu tunnel Fransiya va Buyuk Britaniyani bog‘laydigan eng uzun, La-Mansh suv osti yo‘lidan besh marta uzun bo‘lar ekan.

– Loyiha Qatar - Eron qo‘shma qo‘mitasi tadqiqot va muzokarani yakunlagach, ishga tushiriladi, – deya axborot bergan davlat televideniyesi – “Press TV”.