Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoning eng kuchli yosh shaxmatchi qizlari Samarqandda kuch sinashmoqda
17:21 / 2025-03-10

Samarqandda davom etayotgan 9 ta turdan iborat ”Women’s Chess Championship 2025” xalqaro turnirining dastlabki bahslari ortda qoldi.

Mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSH dollaridan iborat Samarqand turnirida dunyoning eng kuchli yosh shaxmatchi qizlari qatnashayotganligi sababli unga xalqaro maydonda qiziqish yuqori. Bu  o‘yinlarni onlayn tarzda kuzatib borayotgan ishqibozlar geografiyasidan ham ma’lum.

Bahslarda 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida 2025 yilning yangi chempioni Anna Shuxman, 2016 yili kichik o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati sovrindori bo‘lgan hindistonlik Nandxidxa, 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni Polina Shuvalova singari jahon shaxmatining yorqin vakillari dona surmoqda.  

Kecha o‘tkazilgan 1-tur musobaqalarida 25 nafar shaxmatchi raqiblarini mag‘lub etdi. 3 ta juftlikdagi o‘yinlarda murosa yo‘li tanlandi.

Birinchi kungi musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar a’zosi g‘oliblikka erishib, 1 ochkoli bo‘ldi. 3 nafari 0,5 ochkoga ega chiqqan vaziyatda 8 nafar hamyurtimiz imkoniyatni boy berdi.

G‘oliblikka erishgan shaxmatchilarimiz orasida Umida Omonova, Nodira Nodirjonova, Afruza Hamdamova, Barchinoy Shokirjonova, Nilufar Yoqubboyevalar bor.

Bugun, 10 mart kuni o‘tkaziladigan 2-turning markaziy uchrashuvlari Shuvalova-Nodirjonova, Nandxidxa-Shokirjonova, Hamdamova-Zenep Sultanbek(Qozog‘iston), Maftuna Bobomurodova-Shuxman o‘rtasida kechadi.

Eslatib o‘tamiz, uchinchi bor tashkil etilayotgan xalqaro turnir 19 martga qadar davom etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA