English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisi qatorida Abdusattorov va Sindorov ham bor
11:50 / 2023-12-25

Xalqaro shaxmat federatsiyasi rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha Samarqandda boshlanayotgan jahon chempionati oldidan FIDEning yangilangan tizimidagi 10 nafar yetakchi shaxmatchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ortda qolayotgan 2023 yilning o‘tgan musobaqalaridagi munosib ishtiroki tufayli amerikalik Fabiano Karuana 118,61 ball bilan mavsumni yetakchi sifatida yakunlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa Karuanaga jahon chempionatiga da’vogarlik maqomini mustahkamlashini ta’minladi.  

Undan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan Dommaraju Gukesh 87.36, Anish Giri 84,31, Uesli So 83,40 ballga ega bo‘lib turibdi.  

Hamyurtlarimizdan Nodirbek Abdusattorov yil davomidagi xalqaro nufuzli musobaqalarda ko‘rsatgan natijalariga ko‘ra, 54,63 ballga ega bo‘lgan holda 8-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Javohir Sindorov 46,25 ball bilan kuchli o‘ntalikni yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.  

Aytish lozim, ro‘yxatda yetakchilik qilayotgan Fabiano Karuanaga raqobatchilarning yetib olishi qiyin bo‘lgan bir paytda kuchli o‘nlikning yil yakunidagi ko‘rinishi Samarqandda rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tadigan jahon chempionati sarhisobiga ko‘ra, o‘zgarishi ehtimoldan yiroq emas.  

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA