Kamerun Konstitutsiyaviy kengashi muxolifat yetakchisi Moris Kamtoni 12 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovidan chetlatish qarorini tasdiqladi. Shu bilan birga mamlakatni 43 yildan beri boshqarib kelayotgan 92 yoshli Prezident Pol Biya sakkizinchi muddatga nomzod sifatida ro‘yxatga olindi. Agar g‘alaba qozonsa, u qariyb 100 yoshgacha hokimiyatda qolishi mumkin.

Kamto partiya ichidagi kelishmovchilik sabab chetlatilgan navbatdagi saylov jarayonida ehtimoliy 83 nomzoddan atigi 12 nafari qatnashadigan bo‘ldi. Amaldagi yetakchining asosiy raqiblari orasida sobiq hamkor siyosatchilar Bello Bouba Maygari va Issa Tchiroma Bakari, shuningdek yosh deputat Sabral Libii, korrupsiyaga qarshi advokat Akere Muna va SDF yetakchisi Joshua Osih bor.

Tahlilchilar Biya ko‘p yillik tizim va resurslarga tayanib, kuchli hokimiyat yaratganini aytmoqda. Kamtoning ishtirokisiz Libii asosiy raqib sifatida ko‘rilsa-da, ba’zi mutaxassislar Munani ishonchli nomzod, deb biladi.
Muxolifat birlashish zarurati haqida qayg‘urmoqda, ammo hozircha yakdil nomzod e’lon qilinmagan. 1992 yildagi kabi ichki kuchlar birlashmasa, Biya uchun navbatdagi g‘alaba oson kelishi mumkin.
Musulmon Ziyo, O‘zA