Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoni tan oldirish osonmi?
10:02 / 2022-10-01

Qisman ritorika va iddao aralashgandek ko‘ringani bilan sarlavhaga chiqarilgan ushbu savolda aslo pisanda yo‘q. Negaki, paxta uzoq yillar bizning nafaqat madaniy, balki iqtisodiy-siyosiy identitetimizni ham belgilab keldi. Choynagimizda, piyolamizda, hatto, osh yeydigan kosayu laganlarimizda ham iftixor ramzi sifatida aks etgan ushbu ziroatchilik ekini ijtimoiy hayotda go‘yoki, etnomadaniy bir totemga aylanib ketgani bor gap.

Ha, gap yana paxta – biz milliy boylik (ba’zi o‘rinlarda siyosiy o‘zlik) darajasiga ko‘targan, ammo undan mudom uqubat ko‘rgan PAXTA ­SIYOSATI haqida ketmoqda.

Joriy yil boshlarida «Cotton Campaign» koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga boykotni bekor qildi. Mazkur qaror 2021 yilda mamlakatimizda paxta yig‘im terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmagani munosabati bilan qabul qilindi. 2009 yilda o‘zbek paxtasiga e’lon qilingan boykot aytish mumkin bo‘lsa, YAIM katta qismi paxtaga qaram bo‘lgan mamlakatimiz iqtisodiyotiga temir tushovdek o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Albatta, ushbu milliy darajadagi iqtisodiy-siyosiy nafs (ambitsiya)ning og‘ziga urilgan jilovning boshqa sabablari ham bo‘lgan. Biroq eng asosiy sabab butun bir mamlakat aholisi, ayniqsa, bolalarni majburiy mehnatdan ozod qilishga qaratilgan edi.

Mehnat va inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, sarmoyadorlar, nufuzli firma va kompaniyalarni o‘z safiga jamlagan mazkur xalqaro koalitsiya o‘z qarori bilan o‘zbek paxtasi uchun yopilgan ko‘plab eshiklarni ochdi. Xususan, 2009 yilda «Cotton Campaign» o‘zbek paxtasiga boykot e’lon qilgani sababli 331 ta brend va riteyler kompaniyalari, jumladan, «Adidas», «Zara», «C&A», «Gap Inc.», H&M, «Levi Strauss & Co.», «Tesco» va «Walmart» kabilar o‘zbek paxtasiga nisbatan boykotga amal qilish majburiyatini olganligini hisobda tutsak, naqadar burchakka tiqilganimiz, xonanishin bo‘lib o‘z yog‘imizga o‘zimiz qovrilib yotganimizni yaxshiroq tushunamiz.

Kuni kecha esa dunyo matbuoti ayni mazmundagi yana bir yangilikni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning tizimli majburiy mehnatga to‘liq barham berish bo‘yicha erishgan muvaffaqiyatlarini hisobga olib, AQSH Mehnat vazirligi ham mamlakatimizda yetishtirilgan paxta hosilini «Bolalar va majburiy mehnatdan foydalangan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro‘yxati»dan chiqarilishini e’lon qildi. Ushbu qaror O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta va undan tayyorlangan mahsulotlarni AQSHga olib kirishga qo‘yilgan rasmiy чек­ловларni bekor qiladi va shu orqali mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Bu yorqin g‘alabami, yo‘qmi?! Кo‘nг­лиda ozgina Vatanga, shu Millatga mehri bo‘lgan odam bugun buni tan oladi, faxrlanadi, albatta! Men ushbu xushxabarni olis Yevropada xizmat safarida eshitdim. O‘zbekistonni, bizni yaqindan biladigan hamkorlarimiz bu olamshumul g‘alaba bilan meni qo‘limni siqib qutlaganida, ochig‘i, ko‘zlarimdan yosh chiqib ketdi.

Vatandan olisda, begonalar orasida sening xalqing, millating erishgan muvaffaqiyatlar haqida eshitish ko‘ngilni juda yuksaklarga ko‘tararkan. Holbuki, bu davrada katta biznes vakillari, xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlari, ­siyosatchilar borligi O‘zbekistonimiz erishgan ushbu g‘alabaning naqadar jiddiy ekanini urg‘ulaydi.

Xo‘sh, biz aslida xursand bo‘lishimiz kerak bo‘lgan xushxabarning mohiyatida nima yotadi, o‘zi?

Albatta, bu muhim savol. Ma’lumki, shu hafta AQSH Mehnat vazirligi dunyoda majburiy mehnat bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha o‘z hisobotlarini e’lon qildi. Bolalar mehnati eng yomon shakllari to‘g‘risidagi hisobotda («TDA Report») O‘zbekiston 2011 yildan beri birinchi marta bolalar mehnati eng yomon shakllarini bartaraf etishga qaratilgan sa’y-harakatlar samaradorligi bo‘yicha «sezilarli taraqqiyot»ning eng yaxshi toifasiga kirdi.

Taqqos uchun aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston 2011 yilda «bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha davlat tomonidan hech qanday muhim sa’y-harakatlar qabul qilinmagan» 4-toifaga kiritilgan edi.

Hisobotga ko‘ra, bu yil 131 davlat ichida O‘zbekiston «sezilarli taraqqiyot» maqomiga sazovor bo‘lgan 9 ta davlat qatoridan joy oldi. Albatta, bu o‘z-o‘zidan erishiladigan ish emas. Yoki bugungi kunda dunyoning «birinchi qudrati»ligiga da’vo qilayotgan global kuchni aniq natijalarsiz tan oldirishning mutlaqo imkoni ham yo‘q.

Erishilgan g‘alaba, hech shubhasiz, Prezidentimiz ish boshlagan kunlaridanoq odamlar og‘irini yengil qilish, jaydari gap bilan aytganda, shu mehnatkash va tanti xalqning «o‘mgani»ni ko‘tarish yo‘lida olib borgan siyosatining yorqin samarasi, desam adashmagan bo‘laman. Axir o‘zingiz o‘ylang, o‘tgan shu besh-olti yil ichida aynan paxtachilik sohasi, unga bo‘lgan siyosatni o‘zgartirish bo‘yicha qancha farmonu qarorlar chiqdi, necha-necha yig‘ilishu anjumanlar bo‘lib o‘tdi, sanab sanog‘iga yeta olasizmi?

Mazkur hisobotning baholash mezonlari bolalar mehnati eng yomon shakllarini taqiqlovchi qonunlar va me’yoriy hujjatlar, shikoyatlarni ko‘rib chiqish va bunday huquqbuzarliklarni tekshirish huquqni muhofaza qiluvchi va инс­титuционал mexanizmlari, bolalar mehnatning eng og‘ir shakllariga jalb etilishi oldini olishga qaratilgan ijtimoiy dasturlar amalga oshirilishiga, ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosati samaradorligiga asoslangani bilan g‘oyat ahamiyatlidir. Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimiz shu qisqa davrda ayni majburiyatlarni uddalagan, tushunarliroq qilib aytganda, yuz yillardan buyon xalqimizning sillasini quritib kelayotgan mustabid siyosat – paxta monokulturasiga barham bera olgan.

AQSH Mehnat vazirligi hisobotiga ko‘ra, o‘zbek paxtasining ushbu ro‘yxatdan chiqarilishi sabablari Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatni xorijiy sarmoyadorlar uchun jozibali manzil sifatida ko‘rsatib, iqtisodiy islohotlarni olg‘a sura boshlagan 2017 yildan buyon O‘zbekistonda paxta sanoatidagi jiddiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq.

Hujjatda alohida ta’kidlanganidek, hukumat butun ishlab chiqarish zanjirini mexanizatsiyalashga, ishchi kuchidan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradigan yo‘nalishni davom ettirmoqda. So‘zma-so‘z aytganimizda esa «Majburiy mehnat holatlarining qisqarishi majburiy paxta terimini bekor qilish va ishchilarni yollashda majburlashni ta’qiqlovchi va bunday huquqbuzarliklar uchun qat’iy jazolarni nazarda tutuvchi yangi siyosatni joriy etish orqali majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha hukumatning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasidir».

Shu o‘rinda men yaqinda Prezidentimiz Toshkent viloyatida o‘tgan sessiyada aytgan gaplarini eslamoqchiman. Yig‘ilishda Shavkat Miromonovich shunday degan edi: «Men shaxsan Prezident bo‘lib, paxta hozir necha foiz bajarilganini bilmayman. Chunki manfaat bo‘lsa, fermerlar, klasterlar o‘zi bajaraveradi. Oldin qanday edi, yilning 3-4 oyi egilib paxta terish bilan o‘tardi. O‘qituvchi ham, shifokor ham, ziyoli ham dalada bo‘lardi. Yaqinda yirik bir davlat rahbari paxtamizni eksport qilishni so‘radi. «Eksportga paxta yo‘q, to‘liq qayta ishlayapmiz» desam ishonmadi. Chunki oldin eksportimiz asosi paxta bilan gaz bo‘lardi. Hozir esa paxtani ham, gazni ham eksport qilmayapmiz. Hatto gazni chetdan sotib ham olyapmiz. Sababi, sanoatimiz rivojlanyapti. Ana shunday ikki asosiy mahsulot chetga sotilmasa ham eksportimiz hajmi 2016 yilga nisbatan 5-6 barobar oshdi».

Bu, yuz yillardan buyon erta kuzdan to qora qishgacha butun mamlakatning katta-kichigi paxta dalasiga sochilib ketadigan, siyosat ham, ma’naviyat ham, vatanparvarligu xalqparvarlik ham egatlar orasidan «izlanadigan» yurt odamlari uchun xuddi ertakday gap, aslida.

2

O‘zini bugungi O‘zbekiston hukumati, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevga muxolif sanovchilar bir savolni juda ko‘p beradi: xo‘sh, o‘tgan olti yilda mamlakatda nima o‘zgardi?

Aslida bu savolga misollar keltirsak, juda ko‘p. Ammo bugungi mavzumiz – xalqaro e’tirofu «so‘rov»larga yo‘llaydigan javoblarning eng zalvorlisi va haqqoniysi bo‘lishi mumkin. Chunki paxta, paxtachilik siyosati nima ekanini o‘sha qochirma iddaolardan pona urishni xush ko‘radiganlarning o‘zlari ham juda yaxshi biladi. Zotan, ularning tillari ham shu paykallar ichida chiqqan. Aynan shuning uchun hozir e’tiboringizni yana bir jihatga qaratmoqchiman. Bu quruq gap emas, statistika!

Esingizda bor, atigi besh-olti yil ilgari paxtamizni nafaqat yetishtirish, hatto sotish ham ming mashaqqat edi. Turli davlatlardan kompaniyalarni «otang yaxshi – ­onang yaxshi» qabilida chorlab, kerak bo‘lsa, katta ziyofatlar evaziga past narxlarga bo‘lsa-da, mahsulotimizni «o‘tkazganimiz»ga qarsak chalardik. Sabab bugun bekor qilingan baykotlar u paytlar baravj edi. O‘sha paytdayam O‘zbekiston rahbari «paxtamizga cheklov bor», deb qarab o‘tirmagan. Xalqaro majburiyatlarni bajarish yo‘lida sobit harakatlar bilan birga qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, paxtachilik sohasini tubdan modernizatsiya qilish yo‘llarini qidirgan va uni udalagan edi. Bu, eng avvalo, paxtani rasman ­e’lon qilinmagan siyosiy statusdan chiqarish va sohaga zamonaviy uslubiyatni olib kirish, to‘qimachilik sanoatiga yengilliklar berishda o‘z aksini toп­­ди. «Paxta klasterlari», «to‘qimachilik sanoati» degan atamalarning tilimizda ko‘p aylanishi nafaqat gurung sifatida, balki ­hayotimizda real voqelik tarzida namoyon bo‘layotgani bilan ham bugun e’tirofga loyiq.

Bir e’tibor qiling, O‘zbekiston hech zamonda paxta importi bilan shug‘ullanganmi? Aslida masalani ichidan bilmaydigan odam uchun bu savol sarlavhadagi so‘rovdan ko‘ra ham ritorikroq tuyulishi mumkin. Biroq haqiqat shundaki, bir paytlar paxtasini o‘tkazish uchun sovuq o‘lkalarning korxonalari a’yonlariga osh damlab, turshak-mayiz tashib yurgan o‘zbek dehqonining paxtasi bugun o‘zidan ortmayotir; mamlakatda jonlanib qolgan ­tekstilchilar, hatto, qo‘shni davlatlar paxtasiga buyurtma berayotir.

Bu, aytish mumkin bo‘lsa, O‘zbekис­toн tarixidagi eng quvonchli yana bir yangilik. O‘zbek iqtisodiyotida bunday holat hech qachon bo‘lmagan. Bu – sensatsiya!

So‘zimiz isbotsiz bo‘lmasligi uchun manbaga murojaat qilamiz: Yaqinda Tojikistonning «Asia-Plus» nashri xabar qilishicha, paxta O‘zbekistonga Tojikistondan import qilinadigan birinchi raqamli tovarga aylandi. Xususan, o‘tgan 6 oyda O‘zbekistonga 17,3 million dollarlik 6,6 ming tonna paxta eksport qilingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,3 barobar ko‘p.

Paxta eksporti hajmi qo‘shnilarning O‘zbekistonga eksport tovarlari orasida elektr va sementni ham ortda qoldirgan. Bu o‘zbek tekstilchilari va klasterlarining kengayib borayotgan biznesi uchun o‘z paxtamiz yetishmayotgani, davlatimiz endi paxtani arzimagan chaqaga eksport qiladigan emas, undan tayyor mahsulot yetishtirib o‘n chandon qimmatroqqa sotadigan mamlakatga, qolaversa, mintaqa va jahonda tekstil sohasida gigant bir iqtisodiyotga aylanayotganini anglatadi.

Ekspertlarning fikricha, yaqin orada O‘zbekiston Markaziy Osiyo paxtasi uchun kurashda asosan Банг­ладеш va Xitoy kompaniyalari bilan raqobatlasha oladigan qudratga ega bo‘la oladi...

Garchi, ba’zilar o‘tgan olti yilda nima bo‘ldi, hech narsa o‘zgargan emas-ku, deya chapanilarcha oyoq tirasa-da, shukrki, dunyoning mehvari ularning kayfiyatiga bog‘liq emas. Bugun dunyo ham, odamlar ham O‘zbekistonda nimalar bo‘layotganini, O‘zbekiston qanday yuksak marralarni egallayotganini ko‘rib, e’tirof etib turibdi.

Yaqinda Samarqandda o‘tgan SHHT sammiti va uning jahon siyosatiga sezilarli ta’siri O‘zbekistonimizning mintaqa iqtisodiy va сиё­сий hayotida tobora yetakchi aktorga aylanib borayotganligini ko‘rsatdi.

Dunyoning 14 mamlakati rahbarini o‘z bag‘rida jamlagan Samarqand o‘sha kunlari qadimiy ­qudrati va shuhratini yana namoyish etishga shaylangandek taassurot qoldirdi barchamizda.

bugungi notinch va tahlikali zamonda nafaqat do‘st, balki hamkor topish, o‘zingga ishontirish, ortingdan ergashtira olish oson ish emasligini hammamiz juda yaxshi bilamiz. Biroq o‘z qilayotgan ishинг­­ga, boshlagan taшаб­buсларингga dunyoni xayrixoh qila olish uchun juda katta mehnat, сиё­сий iroda talab qiladi.

Shu ma’noda aytadigan bo‘lsak, biz xursand bo‘lishimiz kerakki, bugun xalqning bag‘riga shamol tegishi uchun ishlaydigan, uning qadr-qimmati va or-nomusi uchun kurashadigan, so‘ralgan joy va vaziyatda turib bera oladigan mamlakat rahbari bilan ishlash qismatimizga tushdi.
Bu – O‘zbekistonimizning omadi, xalqimizning so‘nmas iqboli!

Qudratilla RAFIQOV,
siyosatshunos