French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoni korrupsiyadan halol qo‘llar qutqaradi (+video)
14:36 / 2025-12-09

9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni

Bugungi kunda transmilliy hodisaga aylangan korrupsiyaga qarshi kurashish dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Tahlilchilar fikricha, dunyoda korrupsiyadan butunlay xoli davlatning o‘zi yo‘q. Korrupsiya nafaqat iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi, balki davlat tuzumining ma’naviy poydevorini ham yemiradi.  

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni aslida, nafaqat insoniyatga shunchaki eslatma, balki jamiyatning o‘zini o‘zi ko‘rish oynasidir. Bu kun bizni shaxs vijdoni va halollik qadriyati qanchalik muhim ekanligini o‘ylashga undaydi.

Bugun korrupsiya global tahdid sifatida transchegaraviy tus olgan bir davrda, xalqaro hamkorlikning ahamiyati yanada ortmoqda. Xususan, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) korrupsiyaga qarshi kurashda eng yirik xalqaro institutlardan biridir.  

Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokistondagi UNODC mintaqaviy vakolathonasi direktori Oliver Stolpe bu borada nafaqat ekspert, balki mintaqa muammolari va imkoniyatlarini chuqur anglagan yetakchi mutaxassislardan biri.

U bilan bo‘lgan ushbu suhbatimiz korrupsiyaning jamiyat ongiga ta’siri, davlat tizimlarining zaif yoki kuchli tomonlari, shuningdek, Markaziy Osiyo va Afg‘oniston mintaqasida korrupsiyaga qarshi kurashning real strategiyalari haqida chuqur mulohaza yuritishga imkon beradi.

Ushbu suhbatni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XZzxHrpehlU" title="Dunyoni korrupsiyadan halol qo‘llar qutqaradi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo,

Doniyor Yoqubov (video), O‘zA