Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoga mashhur nashrlar vakillari O‘zbekiston sayyohlik salohiyati bilan tanishadi
12:47 / 2023-05-12

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan xorijiy ommaviy axborot vositalaridan 14 nafar vakilning mamlakatimizga tashrifi tashkil qilindi.

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi Sofi Ibbotson bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan, 12-19 may kunlariga mo‘ljallangan mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad yurtimiz madaniyatini, turizm salohiyatini Kanada, Singapur, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Isroil, Malayziya, Pokiston, Hindiston, Turkiya, Qatar kabi davlatlarda keng targ‘ib etish hamda diyorimizga ushbu davlatlardan sayyohlar sonini oshirishdir.

Chet ellik hamkasblarimiz tashrif doirasida yurtimiz turizm salohiyatini turli yo‘nalishdagi, bir-birini takrorlamaydigan maqolalar, media mahsulotlar yordamida targ‘ib qilishadi.

Ta’kidlash kerak, loyihaga jalb etilgan “Al Jazeera”, “Deccan Herald”, “Anadolu Agency”, “Al Mustakillah TV”, “EuroNews”, “Architectural Digest”, “TRT World”, “Viajes Comigo”, “TVS”, “Citizen Femme”, “Pakistan Observer”, “Asian Geographic”, “Bokra” kabi dunyoga mashhur nashrlar umumiy kuzatuvchilari soni 80 milliondan oshadi.

Sayohat davomida OAV vakillari uchun Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, bozorlarimiz, turistik zonalar bo‘ylab press-turlar amalga oshiriladi.

 

O‘zA