Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyodagi eng yirik samolyot-amfibiya ilk sinov parvozni amalga oshirdi
09:30 / 2017-12-25

Yong‘inlarni o‘chirishga mo‘ljallangan Xitoyning AG600 samolyot-amfibiyasi ilk sinov parvozni muvaffaqiyatli yakunladi. Jarayon Xitoyning CCTV kanali orqali efirga uzatildi.

Yong‘inlarni o‘chirishga mo‘ljallangan Xitoyning AG600 samolyot-amfibiyasi ilk sinov parvozni muvaffaqiyatli yakunladi. Jarayon Xitoyning CCTV kanali orqali efirga uzatildi.

Havo kemasi mahalliy vaqt bilan 09:38 da Guandun provinsiyasi janubidagi Chjuxay shahri aeroportidan osmonga ko‘tarildi. Samolyotning uchish vaqti 64 daqiqa, parvoz balandligi esa 3 ming kilometrni tashkil qildi. Parvoz davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida amfibiyaga bortida texnik xodimlar bo‘lgan samolyotlar hamrohlik qildi.

Ma’lumot o‘rnida, AG600 samolyotini yig‘ish o‘tgan yili yakunlangan edi. U yong‘in o‘choqlarini bartaraf etish va suvda qutqaruv ishlarini olib borishga mo‘ljallangan. Havo kemasi dengizda yuk va yo‘lovchi tashishni monitoring qilish, shuningdek foydali qazilma boyliklarini o‘rganish uchun qo‘shimcha uskunalar bilan jihozlanishi mumkin.

Uzunligi 39,3 metr, qanotlar orasidagi masofa 38,8 metrni tashkil qiladigan AG600 to‘rtta turbovintli dvigatel bilan bilan jihozlangan. Samolyot 20 soniyada 12 tonna suv to‘play oladi. Maksimal parvoz balandligi esa 4,5 ming kilometrgacha yetadi.