English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyodagi eng yirik go‘sht kompaniyasi kiberhujumga uchradi
13:07 / 2021-06-02

euronews xabar berishicha, dunyodagi eng yirik go‘shtni qayta ishlab chiqaruvchi kompaniya kiberhujumga uchragani bois AQSH va Avstraliya liniyalarida mahsulotlar ishlab chiqarishni to‘xtatdi.

Braziliyaning eng yirik go‘sht ishlab chiqaradigan kompaniyasi (JBS) Shimoliy Amerika va Avstraliyada kompyuter tizimlari joylashgan bir nechta serverlari xakerlar tomonidan nishonga olinganini aniqladi.

Ayni paytda federal qidiruv byurosi mazkur hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Xabarlarga ko‘ra, FQB Kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi agentligi JBSga texnik yordam berishni taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida Amerikaning ulkan neft quvuri operatori — "Kolonial quvur" ham xakerlar nishoniga aylangan edi. O‘shanda AQSHning janubi-sharqiy qismida bir necha kun davomida benzin yetkazib berishda katta muammolar yuzaga kelgandi.