English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyodagi eng yaxshi talabalar shahri
17:44 / 2022-07-14

Britaniyaning Quacquarelli Symonds (QS) kompaniyasi tomonidan talabalar tahsil olishi uchun eng qulay sharoitlarga ega bo‘lgan shaharlarga bag‘ishlangan Best Student Cities Ranking 2023 tadqiqoti e’lon qilindi.

 QS reytingiga aholi soni 250 ming nafardan ziyod bo‘lgan dunyoning 110 ta shahri kiritilgan. Tadqiqot natijalari 98 426 nafar talabalarning fikriga asoslanadi.  

London ketma-ket to‘rt yil davomida dunyoda global peshqadamlikni saqlab turibdi. U navbatdagi muvaffaqiyatiga xalqaro darajadagi universitetlarining yuqori konsentratsiyasi, shaharda tahsil olgan talabalarning ijobiy fikrlari, bitiruvchilar uchun ajoyib karera imkoniyatlari va chet ellik talabalar uchun ochiqlik darajasi yuksakligi tufayli erishgan.  

Kuchli beshlikdan shuningdek, Seul, Myunxen, Syurix va Melburn shaharlari ham o‘rin olgan. Umuman olganda, dunyoda talabalar hayot kechirishining narxi oshgan. «Talabalar borishi mumkin bo‘lgan shaharlar kamayib borayotgani tashvishli masala», - deydi QS katta vitse-prezidenti Ben Souter. 

Osiyo mamlakatlari shaharlari haqida so‘z borganda, Xitoy (Pekin, Shanxay) va Yaponiya (Tokio, Osaka) ning ikki shahri tahsil olish uchun yetarli darajada jozibali deb topilgan. 

Seulning QSning “Eng yaxshi talabalar shaharchasi” reytingidagi salmoqli o‘sish ko‘rsatkichlari deyarli barcha yo‘nalishlar bo‘yicha erishilgan ijobiy natijalar bilan asoslanadi. «Shunga qaramay, shahar har bir salohiyatli talabani hayratda qoldirish uchun muayyan ishlarni amalga oshirishi lozim», - deb yozadi QS. Baholarga ko‘ra, Seul “talabalar fikri” ko‘rsatkichida olti pog‘onaga pastlagan.  


Gulruh Abdullayeva, O‘zA