Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyodagi eng yaxshi sarmoya...
17:08 / 2022-08-04

Ilmga e’tibor, ta’limga muhabbat taraqqiyotning asosini tashkil etadi.

Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi 2022 -2023 o‘quv yili arafasida Namangan shahridagi 2 ming 927 nafar o‘quvchi tahsil oladigan 1-sonli maktabdagi 48 ta sinfxona, faollar zali, 2 ta sport zal, oshxonadan tortib, foyesi, tashqi va ichki fasadlari, koridorlar ta’mirlanib, yangi o‘quv yiliga taxt holga keltirildi.

Bu jarayonga befarq bo‘lmagan, 4 nafar farzandi shu dargohda tahsil olayotgan tadbirkor, «ANAMED” xususiy klinikasi direktori, Oliy majlis Senati a’zosi Nosirbek Abdullaxonov 2 ta sinf xonasini o‘z shaxsiy mablag‘i hisobidan to‘liq to‘liq jihozlab, ta’mirlab berdi.

Mamlakatimizda yoshlarni bilimli kadrlar etib tayyorlash, kelajakka ishonch bilan kirib borishi uchun ustuvor ahamiyat qaratilayotgani bejiz emas.

Dunyodagi eng yaxshi sarmoya esa albatta farzand kelajagini o‘zgartira oladigan, ta’limi uchun sarflangan sarmoya hisoblanadi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA