Dunyodagi eng kichik qurbaqalardan birini aniqladi
Braziliyalik olimlar mamlakatning tog‘li bulutli o‘rmonlarida nihoyatda kichik, zarg‘aldoq rangli yangi qurbaqa turini aniqladi. Bu jonzot qalam uchiga sig‘adigan darajada mayda bo‘lib, Braziliya janubidagi Atlantika o‘rmonining Serra do Kyuiriri tog‘ tizmasidan topilgan. Yangi tur Brachycephalus lulai deb nomlandi.
Mazkur qurbaqa Yer yuzidagi eng kichik to‘rt oyoqli hayvonlar sirasiga kiradi. Uning erkaklari 9–11 millimetr, urg‘ochilari esa 11–14 millimetr uzunlikka ega. Tanasi yorqin olovrang bo‘lib, o‘ziga xos dog‘larga ega va juftlashish davrida ikki qisqa tovush chiqaradi.
Olimlar kompyuter tomografiyasi va DNK tahlillari orqali yangi turni tasdiqladi. Tadqiqotchilarga ko‘ra, bu qurbaqa cheklangan hududda yashaydi va yo‘qolib ketish xavfi ostida. Shu sababli ular ushbu hududda yangi qo‘riqxona tashkil etishni taklif qilmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/CJVAw0XIEF8?si=aRGSRLPBLWe6m46u" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA