114 yoshli Fauja Singx Hindistonda yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Panjob shtati Bis qishlog‘ida notanish avtomobil urib ketgan sportchi kasalxonaga yetkazilgan, biroq bosh va qovurg‘a jarohati tufayli hayotdan ko‘z yumgan.
SNN xabariga ko‘ra, Singx 1911 yil qishloqda tug‘ilib o‘sib, keyinchalik Londonga ko‘chgan. 89 yoshida turmush o‘rtog‘i va o‘g‘lidan ayrilgach, marafonga jiddiy kirishib, tez orada “Sarbond Tornado” laqabini olgan. U jami to‘qqiz marta marafonda muvaffaqiyatli qatnashgan. Jumladan, 2003 yil 5 soat 40 daqiqa natija qayd etgan. 2011 yil esa 100 yoshida Toronto marafonini 8 soat 11 daqiqada yakunlab, masofani to‘liq bosib o‘tgan bir asrlik qahramon sifatida tarixga kirdi. Marhum tug‘ilganlik guvohnomasi bo‘lmagani sababli Ginnes rekordlari kitobiga kiritilmagan.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi “betakror irodaga ega buyuk sportchi” deya ta’riflab, Fauja Singxga alohida hurmat bajo keltirdi.
Hodisa bo‘yicha asli xorijda istiqomat qiladigan bir kishi hibsga olingan. Mamlakat politsiyasi unga nisbatan bir necha modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘agan.
Musulmon Ziyo, O‘zA