Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyodagi birinchi avtonom oshxona ishga tushdi
11:44 / 2025-11-18

Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi REWYe supermarketida dunyodagi ilk to‘liq avtonom oshxona — CA-1 Series 4 ishga tushirildi. Uni Myunxenda joylashgan Circus SE kompaniyasi ishlab chiqdi.

Shisha korpusli bu aqlli oshxona inson aralashuvisiz mustaqil ishlaydi. Tizim ikkita robot manipulyatori, induksion plita va idish yuvish mashinasi bilan jihozlangan. U masalliqlarni ombordan olib, pishirish, likopchalarga joylashtirish va idishlarni yuvishgacha bo‘lgan jarayonni to‘liq bajaradi. Qurilma soatiga 120 ta taom tayyorlay oladi, har bir ovqatning narxi 6 yevrodan boshlanadi.  

CA-1 ning yangi versiyasi avvalgisidan 450 kg yengilroq bo‘lib, datchiklar masalliqlar holatini real vaqt rejimida kuzatadi. Buyurtmalar sensorli ekran yoki ovozli boshqaruv orqali beriladi. Sun’iy intellekt har bir buyurtmani tahlil qilib, masalliqlar miqdorini aniq hisoblaydi — bu esa oziq-ovqat chiqindilarini kamaytiradi.  

Loyiha muvaffaqiyatli o‘tgach, REWE kompaniyasi shunday robot oshxonalarni Germaniyaning boshqa hududlarida ham o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga,  Circus SE texnologiyani shifoxonalar, universitetlar va hatto harbiy dala oshxonalarida sinovdan o‘tkazishni ham maqsad qilgan.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/iuRN30BtEe4?si=l2PYhIOyl89DkHn6" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA