Dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 202 million 608 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.
Shundan 4 million 293 mingdan ziyod kishi vafot etgan (09.08.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 19:07 holatiga ko‘ra).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 461 377 yangi holati aniqlandi. 8 170 nafar bemor vafot etdi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi JSST ma’lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.
Dunyoda kasallikni 203 million 356 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 302 mingdan ortig‘i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:
AQSH birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 35,501 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
Ikkinchi o‘rinda Hindiston (31,969 milliondan ortiq),
uchinchi o‘rinda Braziliya (20,151 milliondan ortiq),
to‘rtinchi o‘rinda Rossiya (6,469 milliondan ortiq),
beshinchi o‘rinda esa Fransiya (6,154 milliondan ortiq).
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQSHda 183, Hindistonda 35 499, Braziliyada 43 033, Rossiyada 22 160, Fransiyada esa 19 692 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 4 milliard 453 millionga yaqin doza vaksina qo‘llanilgan.