French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoda noma’lum jigar xastaligiga chalingan bolalar soni 700 nafardan oshdi
14:13 / 2022-06-09

Bundan ikki oy avval dunyoning ba’zi mamlakatlarida tarqala boshlagan noma’lum infeksiya bolalarning jigariga ziyon yetkazib, og‘ir holatlarni keltirib chiqarayotgani haqida xabar berilgan edi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreisusning so‘nggi bayonotiga ko‘ra, ayni paytga kelib ushbu kasallikni yuqtirgan o‘g‘il-qizlar soni 700 nafardan oshgan. Hozircha infeksiya aniqlangan mamlakatlar soni 34 tani tashkil etmoqda. Qolaversa, yana 112 nafar kichik yoshli bemorda tekshiruvlar o‘tkazilyapti.  

Eng yomoni, mazkur xavfli xastalik og‘ir asoratlarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, 10 nafar bola infeksiya oqibatida hayotdan ko‘z yumgan, 8 nafari esa jigar transplantatsiyasiga muhtoj. JSST bosh direktorining ta’kidlashicha, kasallik bundan ham kengroq ko‘lamda tarqalib ulgurgan bo‘lishi mumkin. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ta’kidlashicha, bu noma’lum xastalik sarg‘ayish, diareya va qorin og‘rig‘i kabi umumiy belgilar bilan namoyon bo‘lmoqda. Qolaversa, ba’zi hollarda isitma, tomoq og‘rig‘i, yo‘tal hamda oshqozon va ichaklar yallig‘lanishi kabi asoratlarni ham keltirib chiqaryapti.   

O‘zA