Afsuslangan Putin, omadi kela boshlagan Suriya, qabristonga aylangan Falastin – nigohimizda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga keng ko‘lamli hujumlarni avvalroq boshlamagani va nizoga yaxshiroq tayyorlanmagani uchun afsusda ekanini bildirdi.
Yevropa Ittifoqi Asad rejimi qulaganidan keyin Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish borasida choralar ko‘rmoqda, ammo sanksiyalarning qachon bekor bo‘lishi hali noma’lum, deb yozmoqda “Euronews” axborot portali. Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Hay’at Tahrir ash-Shom” yetakchisi Ahmad al-Shara mamlakat urushdan charchagani va amaldagi kuchlar qo‘shni o‘lkalar yoki G‘arb davlatlari uchun xatarli emasligini ta’kidlab, Suriyaga qo‘llangan barcha cheklovlarni bekor qilishga chaqirgan edi.
G‘azoda halok bo‘lganlar soni 45 ming 129 nafarga yetdi. Isroil rejimining G‘azoga uyushtirgan hujumlari tufayli so‘nggi 24 soat ichida yana 32 Falastinlik shahid bo‘lgan va 94 nafari yaralangan. Bu haqda “IRNA” axborot agentligi xabar berdi.
Yevropada benzin yoqilg‘isida harakatlanadigan avtomobillar soni qisqarmoqda. Sof benzinli avtomobillar eng katta ulushga ega bo‘lishiga qaramay, 2023 yilda Yevropa Ittifoqi davlatlarida ro‘yxatga olingan 10,7 million yangi avtomobilning 48,3 foizi gibrid va elektromobillar ekani qayd etildi, deya e’lon qildi “Euronews” nashri.
Ushbu ko‘rsatuvni O‘zAning “You Tube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RVx6LPub834" title="Dunyoda nima gap?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Yoqub Meliboyev (video), O‘zA