English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoda koronavirusning yangi shtammi keng tarqalmoqda. Vaziyat qanday?
11:04 / 2021-11-29

O‘tgan haftadan dunyoda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashdi.

Bunga Janubiy Afrika milliy yuqumli kasalliklar instituti olimlari tomonidan seshanba kuni B.1.1.529, ya’ni "omicron" shtammi qayd etilishi sabab bo‘ldi. Olimlarning aytishicha, bu kasallik OITSga chalingan kishida aniqlanib, mutatsiyaga kirishgan.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Shu tariqa juma kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti favqulodda yig‘ilish chaqirdi. Bu yerda jahonning yetakchi olim va mutaxassislari tomonidan yangi shtamm muhokama qilindi.  

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, "omicron" juda ko‘p mutatsiyalarni o‘z ichiga olgan va "delta" shtammidan ham ko‘ra yuqumliroqdir.

Eng yomoni, yangi versiya allaqachon Afrikadan boshqa qit’alarga o‘tib ulgurgan.  

Masalan, o‘tgan hafta so‘ngida Belgiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Daniya singari qator davlatlarda "omicron" shtammi bilan kasallanish holatlari aniqlandi.

Shu sababli Rossiya, Germaniya, Isroil, Buyuk Britaniya, Singapur, Bahrayn, Italiya, Niderlandiya, Marokash, Fransiya, Chexiya, Avstriya, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Shveysariya, Turkiya, Kanada, AQSH, BAA, Misr, Argentina, Braziliya, Avstraliya kabi davlatlar bordi-keldida, aeroportlarda turli cheklovlar joriy qildi.  

Masalan, Buyuk Britaniyada istalgan xorijiy davlatdan kelgan kishi PZR testini topshirishi va salbiy natija olinmaguncha o‘zini izolyatsiya qilishi shart. Shuningdek, hukumat jamoat joylarida yana niqob taqishni joriy etadi. Bu yerda vaksina olganidan buyon 6 oydan ko‘p vaqt o‘tgan va 40 yoshdan oshgan aholi vakillariga qayta emlanish tavsiya qilinishi ham aytilmoqda.

Rossiya esa kechadan Afrikaning qator mamlakatlari, qolaversa, Gonkongdan chet elliklarning o‘z hududiga kirishini cheklab qo‘ydi. Isroil hukumati o‘z chegaralarini 14 kunga yopib qo‘yishini e’lon qilgan bo‘lsa, Quvayt 9 davlat bilan aviaqatnovni to‘xtatdi. Marokash ham bu safga qo‘shildi.  

Shveysariya yangi shtamm tufayli Chexiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Malavidan kelgan sayohatchilarga cheklovlar joriy qildi.

Yaponiya esa 30 noyabrdan mamlakatni xorijliklar uchun yopadi.