Dunyoda koronavirusga chalinganlar yuz milliondan oshdi
AQSHda koronavirusga chalinganlar bo‘yicha hukumatlar, OAV va boshqa manbalar tarqatgan ma’lumotlarni umumlashtirib borayotgan Jons Xopkins universiteti shunday xabar berdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar dunyoda 100 million kishidan oshib ketdi. 2 million 149 ming 385 bemor vafot etdi. Hozirgacha 55 million kishi ushbu kasallikdan sog‘aygan.