Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 178 million 202 mingdan ortiqni tashkil etmoqda
15:27 / 2021-06-22

Sog‘liqni saqlash vazirligining JSST ma’lumotlariga asosan bergan xabariga ko‘ra, oxirgi sutka davomida dunyoda 336 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi.

Dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 178 million 202 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 865 mingdan ziyod kishi vafot etgan (21.06.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 18:23 holatiga ko‘ra).  

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 336 450 yangi holati aniqlandi. 7 764 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (22.06.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 13:21 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 178 million 794 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 873 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:

AQSH birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 33,190 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  

Ikkinchi o‘rinda Hindiston (29,935 milliondan ortiq),  

uchinchi o‘rinda Braziliya (17,883 milliondan ortiq),

to‘rtinchi o‘rinda Fransiya (5,650 milliondan ortiq),  

beshinchi o‘rinda esa Turkiya (5,370 milliondan ortiq).

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 2 milliard 649 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.