French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 175 milliondan oshdi
15:20 / 2021-06-14

Sog‘liqni saqlash vazirligining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, bir sutka davomida AQSHda 12 354, Hindistonda 80 834, Braziliyada 85 149, Fransiyada 3 604, Turkiyada esa 6 076 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Hozirda dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 175 million 306 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,  

shundan 3 million 792 mingdan ziyod kishi vafot etgan (13.06.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 17:01 holatiga ko‘ra).  

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 387 209 yangi holati aniqlandi.

10 158 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (14.06.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 12:22 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni  

175 million 965 mingdan ortiq odam yuqtirgan,  

ulardan 3 million 804 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:

AQSH birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 33,120 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  

Ikkinchi o‘rinda Hindiston (29,439 milliondan ortiq),  

uchinchi o‘rinda Braziliya (17,296 milliondan ortiq),

to‘rtinchi o‘rinda Fransiya (5,632 milliondan ortiq),  

beshinchi o‘rinda esa Turkiya (5,325 milliondan ortiq).

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 2 milliard 342 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.