Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 202 million nafardan oshdi
Hozirda dunyoda kasallikni 202 million 729 ming nafardan ortiq odam yuqtirdi.
Ulardan 4 million 294 ming nafardan ortig‘i vafot etgan.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga asoslanib xabar qilmoqda.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:
AQSH birinchi o‘rinda turibdi, u yerda 35,763 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
Ikkinchi o‘rinda Hindiston (31,969 milliondan ortiq),
uchinchi o‘rinda Braziliya (20,165 milliondan ortiq),
to‘rtinchi o‘rinda Fransiya (6,371 milliondan ortiq),
beshinchi o‘rinda esa Rossiya (6,362 milliondan ortiq).
Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 4 milliard 340 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.