Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoda birinchi marta tirik donordan koronavirus bilan kasallangan odamga o‘pka ko‘chirildi
10:52 / 2021-04-08

Kioto universiteti kasalxonasi mutaxassislari tirik donorlardan koronavirus tufayli kelib chiqqan og‘ir pnevmoniya bilan og‘rigan bemorga o‘pka transplantatsiyasini muvaffaqiyatli bajardi.

Yaponiyalik olimlar jamoasining aytishicha, dunyodagi birinchi tirik donor o‘pka transplantatsiyasi og‘ir o‘pka shikastlangan bemorlar uchun istiqbolli davo bo‘lishi kutilmoqda ekan.

Bemor ayolga eri va o‘g‘lidan o‘pkasining tegishli qismlari ko‘chirib o‘tkazilgan. Ayol o‘tgan yil oxirida koronavirus bilan kasallangan bo‘lib, uning holati asta-sekin yomonlashib borgan, ikkala o‘pkasi ham ishdan chiqa boshlagan. 90 foizli o‘pka to‘qimalarining shikastlanishigacha borgan.

Amaliyot taxminan 11 soat davom etdi. Ayni paytda bemor va ikkala donor ham o‘zlarini yaxshi his qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, bunday operatsiya dunyoda birinchi marta amalga oshirilgan. Ilgari koronavirus bilan kasallangan bemorlarga o‘pkalar faqat boshqa holatlarda vafot etishi aniq bo‘lgan donorlardan ko‘chirilgan edi.

 

O‘zA