17-19 sentyabr kunlari Pekinda Xitoy Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan 12-Syanshan xavfsizlik forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda dunyoning 100 dan ortiq davlatidan kelgan mudofaa va harbiy idoralar vakillari ishtirok etdi.
— Dunyo xavfsizlikni boshqarish tizimi har qachongidan ham ko‘proq muhtoj, — dedi XXR tashqi ishlar vaziri yordamchisi Xun Ley anjumanda so‘zga chiqib. — Bugungi dunyo yangicha beqarorlik va o‘zgarish davriga kirmoqda. Xalqaro vaziyat beqaror va notinch, global bo‘linish tendensiyasi yaqqol ko‘rinib turibdi, mintaqaviy mojarolar avj olmoqda, noan’anaviy xavfsizlik muammosi muntazamlik kasb etyapti. Natijada global xavfsizlikni boshqarishdagi kamchiliklar tobora ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.
Bugungi kunda insoniyat yangi tanlov oldida turibdi: tinchlik yoki urush, qarama-qarshilik yoki muloqot, o‘zaro manfaat yoki natijasiz harakat. Demak, dunyo xavfsizlikni boshqarish tizimini isloh qilishi, yaxshilashi kerak. Ta’qib va qo‘rqitish jiddiy zarar keltirmoqda, BMT kabi ko‘p tomonlama mexanizmlarga ta’sir ko‘rsatmoqda.
S.Rahimov, O‘zA