French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo xaritasida yangi davlat paydo bo‘lishi mumkin
21:22 / 2025-07-17

Parij chekkasida Yangi Kaledoniya davlatini yaratish bo‘yicha kelishuv imzolandi, deb yozdi “Politico” nashri.

– Yangi Kaledoniya kelajagini muhokama qilayotgan bir-biriga qarama-qarshi siyosiy harakatlar Fransiyaga qisman qaram bo‘lgan yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolanganini e’lon qilishdi, – deyilgan maqolada.

Qayd etilishicha, mustaqillik tarafdori bo‘lgan va butunlay ajralishga qarshi chiqqan guruhlar muxtoriyat masalasida murosaga kelgan.

Shartnoma Yangi Kaledoniya uchun alohida fuqarolik joriy etish va xalqaro munosabat borasidagi vakolatni yangi davlatga o‘tkazishni nazarda tutadi.

Hujjat Fransiya parlamentida ovozga qo‘yilib, orollarda referendum o‘tkazilishi kerak.

Заморская территория Франции размышляет о независимости-проведут referendum  - Новости мира - 24 Канал

Prezident Emmanuel Makron ijtimoiy tarmoq orqali Fransiyaga qarashli xorijiy hududning institutsional tuzilishi to‘g‘risida “tarixiy” bitim imzolanganini tasdiqladi.

O‘tgan yil may oyida Yangi Kaledoniyada mustaqillik tarafdorlari tomonidan Fransiyada rejalashtirilgan konstitutsiyaviy islohotga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu saylov qonunchiligi o‘zgarishini taqozo etadi.

Namoyishda o‘n to‘rt kishi halok bo‘ldi, umumiy zarar miqdori bir milliard yevrodan oshdi.

Ko‘rib chiqilishi to‘xtatilgan islohot Yangi Kaledoniyada o‘n yildan ko‘p yashaganlarga mahalliy saylovda ovoz berish huquqi berilishini nazarda tutgan. Namoyishni so‘nggi 20 yilda ko‘chib borgan yevropalik aholining bir qismiga ovoz berish huquqi berilsa, ozchilik bo‘lib qolishdan xavotir olgan tub kanak xalqi aholisi uyushtirgan.

O‘tgan yil iyul oyida Makron orollarning yangi maqomini yoqlab chiqqan, sentyabrda esa Parijda arxipelag mustaqilligi tarafdorlari va muxoliflarni qabul qilgan edi.

S.Rahimov, O‘zA