Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo xabarlari qisqa satrlarda
15:47 / 2026-03-06

Qisqa, aniq va ishonchli axborot – global dunyoda tezkor xabardorlik garovidir. O‘zA jahonda sodir bo‘layotgan eng muhim voqealarni qisqa satrlarda yoritishda davom etadi.

Fransiyaning yagona aviatashuvchisi O‘rta yer dengiziga yo‘l oldi

https://2020.f.a0z.ru/12/18-9310517-img-20201218-152909.jpg

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Eron mojarosi keskinlashgani ortidan mamlakatning asosiy harbiy kuchi hisoblangan “Sharl de Goll” yadroviy aviatashuvchisini O‘rta yer dengizining sharqiy qismiga yuborishni buyurdi. Bu kema yadroviy aviatashuvchi hisoblanib, taxminan 10 kun ichida mintaqadagi operatsiyalar zonasiga yetib borishi kutilmoqda. 

Uning tarkibida 20 ta “RafaleM” qiruvchi samolyoti hamda havodan nazorat qiluvchi “E-2C Hawkeye” uchoqlari bor va ular mintaqada havo xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etadi. Umumiy og‘irligi 42,5 ming tonna bo‘lgan va ikki yadroviy reaktor bilan harakatlanadigan aviatashuvchi deyarli cheklanmagan masofada harakatlana oladi. 

Yaponiyada xususiy raketa uchirilishi muvaffaqiyatsiz o‘tdi

Yaponiyaning “Space One” startap kompaniyasi tomonidan uchirilgan “Kairos” raketasi parvozdan ko‘p o‘tmay favqulodda to‘xtatildi. U Vakayama prefekturasidagi “Spaceport Kii” kosmodromidan uchirilgan, ammo havoda barqarorlikni yo‘qotganidan keyin kompaniya parvozni majburiy ravishda bekor qilgan.

Ushbu uchirish Yaponiyada xususiy kompaniya tomonidan birinchi marta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqarishga qaratilgan edi, ammo missiya muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Kompaniya raketa orbitadagi vazifani bajara olmasligi aniq bo‘lganidan keyin parvozni to‘xtatishga qaror qilganinibildirdi.

Finlyandiya Ispaniyaning noqonuniy migrantlarni qonuniylashtirish qarorini tanqid qildi

Picture background

Finlyandiya ichki ishlar vaziri Mari Rantanen Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesning minglab noqonuniy migrantlarni qonuniylashtirish qarori Shengen hududi uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini bildirdi. Gap shundaki, Ispaniya hukumati mamlakatda kamida 5 oy yashagan va 2025-yil oxirigacha kirib kelgan taxminan 500 ming migrantni legallashtirish rejasini qabul qilgan. Rantanenga ko‘ra, bunday qarorlar boshqa Yevropa davlatlarining qat’iy migratsiya siyosatiga zid bo‘lib, qonuniylashtirilgan shaxslar Shengen hududi bo‘ylab erkin harakatlanishi mumkin.

Finlyandiya esa aksincha, migratsiya siyosatini keskin kuchaytirmoqda: boshpana so‘rovlarini tezroq ko‘rib chiqish va rad etilganlarni qaytarish tizimi kuchaytirilgan. Rantanen Yevropa Ittifoqining yangi Migratsiya pakti doirasida uchinchi mamlakatlarda “qaytarish markazlari” tashkil etish g‘oyasini ham qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Inson huquqlari tashkilotlari bunday markazlar odamlarni xavfli hududlarga majburiy qaytarish xavfini oshirishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Buyuk Britaniya Qatar va Kiprga qo‘shimcha harbiy kuchlar yuboradi

Picture background

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Eron nizosi fonida mamlakat mintaqadagi mudofaa choralarini kuchaytirishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Qatarga qo‘shimcha to‘rtta “Typhoon” qiruvchi samolyoti yuboriladi, ular mintaqadagi Britaniya kuchlariga qo‘shilib, havo mudofaasini kuchaytiradi. Shuningdek, Kiprga dronlarga qarshi “Wildcat” vertolyotlari jo‘natiladi. Bu qaror Kiprdagi Akrotiri harbiy bazasiga Eronning dron hujumidan keyin qabul qilingan.

Hujum vaqtida dron bazadagi angarga zarba bergan, yana ikki dron Britaniya qiruvchilari tomonidan urib tushirilgan. London mintaqadagi harbiy hozirlikni kuchaytirish maqsadida “HMS Dragon” havo mudofaa esminets kemasini ham yuborishni rejalashtirmoqda. Starmerning ta’kidlashicha, bu choralar faqat mudofaa maqsadida qabul qilingan bo‘lib, Britaniya Eronga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy amaliyotlarda ishtirok etmayapti.

Zelenskiy va Orban o‘rtasida keskin diplomatik mojaro

https://cdn.oko.press/cdn-cgi/image/width=3840,quality=70/https:/cdn.oko.press/2024/07/AFP__20240627__34ZK3VU__v1__HighRes__BelgiumEuSummitDiplomacy.jpg

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasida diplomatik mojaro kelib chiqdi. Zelenskiy Yevropa Ittifoqining Ukrainaga mo‘ljallangan 90 milliard yevro yordam paketini kimdir to‘ssa, ukrain harbiylariga o‘sha shaxsning telefon raqamini berib, “o‘zlari gaplashishini” aytgan. Budapesht bu bayonotni Orbanga nisbatan “o‘lim tahdidi” sifatida baholadi. Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto buni “shantaj va tahdid” deb atadi, oppozitsiya yetakchisi Peter Madyar ham bunday bayonotni qoraladi.

Mojaroning asosiy sababi – Rossiya neftini Yevropaga yetkazib beruvchi “Drujba” neft quvuri. RF hujumida shikastlangan quvurni Ukraina ta’mirlamasligini bildirdi. Zelenskiyga ko‘ra, Rossiya – Ukraina nizosi fonida Kiyev Moskva neftining Yevropaga yetkazilishiga yordam bermaydi. Orban esa Vengriya energiya ta’minotini tiklash uchun “quvur orqali neft oqimini baribir qayta yo‘lga qo‘yamiz” deya keskin javob qaytardi.

Tramp ichki xavfsizlik vazirini lavozimdan ozod qildi

https://nypost.com/wp-content/uploads/sites/2/2026/03/kristi-noem-fired-comp-3.jpg?resize=87

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakat ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemni lavozimidan olgan. Bu qaror uning migratsiya siyosati va tabiiy ofatlarga javob choralari yuzasidan kuchaygan tanqidlar fonida qabul qilindi. Noem Trampning ikkinchi prezidentlik muddati davomida ishdan olingan birinchi vazir bo‘ldi. Yetakchi uning o‘rniga senator Markveyn Mallinni nomzod sifatida tilga olgan.

Noemning faoliyati Kongressdagi keskin tanqidlardan keyin yanada bahsli bo‘lib qolgan edi. Ayniqsa, noqonuniy migrantlarni mamlakatni ixtiyoriy tark etishga chaqirgan 220 million dollarlik reklama kampaniyasi va immigratsiyaga qarshi reydlar davomida namoyishchilarning o‘lim holatlari katta bahslarga sabab bo‘lgan. Tramp esa Noemni yangi “The Shield of the Americas” xavfsizlik tashabbusi bo‘yicha maxsus elchi etib tayinlashini ma’lum qildi.

Yevropa o‘rmonlariga xavf: har yili 216 ming gektar zararlanishi mumkin

https://idsb.tmgrup.com.tr/ly/uploads/images/2025/08/03/394762.jpg

Yangi ilmiy tadqiqotga ko‘ra, hatto global isish 2°S darajada cheklansa ham, Yevropa o‘rmonlarida zararlanish ko‘lami keskin ortishi mumkin. “Science” jurnalida e’lon qilingan hisobotda 2100-yilga borib har yili taxminan 216 ming gektar o‘rmon yong‘inlar, bo‘ronlar va zararkunandalar tufayli zarar ko‘rishi mumkinligi aytilgan. Agar isish yanada kuchaysa, bu ko‘rsatkich 370 ming gektargacha yetishi ehtimol. Eng katta xavf Janubiy va G‘arbiy Yevropa mintaqalariga to‘g‘ri keladi.

Ekspertlar Yevropa o‘rmonlari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaydi, chunki ular qit’a hududining qariyb 40 foizini egallab, katta miqdordagi SO₂ ni yutib turadi. Kelajakda o‘rmonlar kamroq uglerod yutishi yoki hatto uni chiqarishi mumkin. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqining 2030-yilgacha 3 milliard daraxt ekish rejasi ham sekin amalga oshmoqda — hozirgacha atigi 38 million daraxt ekilib, maqsadning bor-yo‘g‘i 1,26 foizi bajarilgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA