Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo xabarlari qisqa satrlarda
12:01 / 2026-03-03

Qisqa, aniq va ishonchli axborot – global dunyoda tezkor xabardorlik garovidir. Binobarin, O‘zA jahonda sodir bo‘layotgan eng muhim voqealarni qisqa satrlarda yoritishda davom etadi.

Tramp: Eronga hujum 4-5 hafta davom etishi mumkin

Trump says war in Iran could last 4 to 5 weeks, but US able to 'go far  longer' - Mothership.SG - News from Singapore, Asia and around the world

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy kampaniya to‘rtinchi kunga kirgan bir paytda operatsiyalar 4-5 hafta davom etishi mumkinligini bildirdi. 

Tehron esa javob zarbalarini kuchaytirib, Isroil hamda Qatardagi energetika ob’ektlari va Saudiyadagi AQSH elchixonasiga hujumlar uyushtirganini ma’lum qildi. Eron Hormuz bo‘g‘ozi yopilganini da’vo qilib, ushbu strategik yo‘lakdan o‘tishga uringan kemalarga tahdid qildi. Ekspertlar fikricha, bu global neft bozori va xalqaro savdo uchun jiddiy xavf signalidir.

Yuzlab xorijliklar Ozarbayjon orqali evakuatsiya qilinmoqda

Azerbaijan facilitates transit of foreign nationals from Iran VIDEO -  AZERTAC

Erondagi keskinlashuv fonida “Astara” chegara punkti orqali Ozarbayjonga o‘tishlar keskin oshdi. Ozarbayjon hukumati shanba kuni o‘z fuqarolari va tranzit orqali kirmoqchi bo‘lgan xorijliklar uchun chegarani ochganini ma’lum qilgan edi. Shu vaqtdan beri kamida 400 kishi xavfsiz hududga o‘tgani aytilmoqda, ularning 100 nafari ozarbayjonlik, qolganlari esa 19 davlat fuqarolari.

Tehrondan avtobuslarda yo‘lga chiqqan oilalar bombardimonlar haqida gapirib, chegaradan o‘tgach, o‘zlarini xavfsiz his qilayotganini aytmoqda. Mojaro chuqurlashgan sariErondan qo‘shni davlatlar orqali chiqish yo‘llari asosiy evakuatsiya kanallariga aylanmoqda.

Urushlar kiberhujum to‘lqinini kuchaytirishi mumkin

Iran conflict may trigger wave of geopolitical…

Eron atrofidagi geosiyosiy keskinlik yaqin kunlarda kiberhujumlar ko‘payishiga olib kelishi mumkin. “Palo Alto Networks” kompaniyasining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha xavfsizlik rahbari Skott Makkinnonning aytishicha, har qanday qurolli mojaroda “raqamli qurollar” ham ishga tushadi. 

Tahlilchiga ko‘ra, sun’iy intellekt kiber tahdidlarni yanada xavfli qilmoqda. Shu bois, kompaniyalar oddiy o‘ronlardan voz kechib, ko‘p bosqichli “tasdiqlash” va qo‘shimcha xavfsizlik choralarini joriy etishi kerak. Makkinnon ta’kidlashicha, raqamli front endi harbiy mojarolarning ajralmas qismiga aylanadi.

Makron yadroviy zaxirani oshirmoqchi

Macron orders nuclear warhead increase and unveils 'forward deterrence' plan  for Europe

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda yadroviy kallaklar sonini oshirish buyrug‘ini berdi. Bretandagi ballistik raketa suvosti kemalari bazasidan turib so‘zlagan Makron o‘lka endi o‘z yadroviy arsenali hajmini oshkor qilmasligini ham ta’kidladi. Hozir Parij taxminan 290 ta yadroviy kallakka ega.

Fransuz yetakchisi yadro bo‘yicha konsepsiya taklif qilib, u NATOga muqobil emas, balki uni to‘ldiruvchi yevropacha qatlam bo‘lishini ta’kidladi. Uning aytishicha, Britaniya, Germaniya, Polsha va yana bir qator davlatlar bu taklifga qiziqish bildirgan. Parij va Berlin yadroviy boshqaruv bo‘yicha yuqori darajali guruh tuzishga kelishib oldi. Shu bilan birga, Makron “oxirgi qaror Fransiya suveren vakolati bo‘lib qoladi” deya yadroviy tugma ustidan nazorat bo‘lishmasligini ochiq bildirdi.

Tel-Avivda raketa zarbasi izlari: bir ayol halok bo‘ldi

Tel Aviv residents assess damage after Iranian missile strike kills one

Isroilda Eron raketa zarbasidan keyin turar-joy majmualari vayronalarga to‘ldi: bir ayol halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohat oldi. Hodisa joyida katta chuqur hosil bo‘lgan, atrofdagi ko‘p qavatli uylarning oyna va fasadlari shikastlangan. Qutqaruv xizmatlari vayronalarni tozalash ishlarini olib bormoqda.

Yakshanba kuni yana havo hujumi sirenalari yangrab, aholi bombapanohlarga tushdi. Isroil rasmiylari havo mudofaa tizimlari bir qancha snaryadlarni tutib qolganini aytdi, ammo ayrim raketalar baribir zarar yetkazgan. Bu holat mintaqadagi o‘zaro zarbalar hali to‘xtamaganini ko‘rsatmoqda.

Madrid: Biz Eron tomonida emasmiz

Spain rejects Israel's accusation of 'standing with Iran' and other tyrants

Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares Isroilning “Ispaniya Eron tomonida turibdi” degan ayblovlarini “bemani va kulgili” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Madrid izchil tashqi siyosat yuritmoqda. 

Mamlakat va YeI asosiy maqsadni keskinlikni pasaytirish va diplomatiya orqali muvozanatni tiklashda ko‘radi. Albares shuningdek, Ispaniya hududidagi AQSH bazalari Eronga zarba berish uchun ishlatilmasligini bildirdi.

Yevropada gaz narxi 45%ga “sakradi”

European gas prices jump by as much as 45% as Qatar stops LNG production

Yaqin Sharqdagi keskinlashuv ortidan “Qatar Energy” dunyodagi eng yirik “LNG” maydoni — “North Field” bilan bog‘liq ishlab chiqarishni to‘xtatganini ma’lum qildi. Shu xabar fonida Niderlandiyadagi “TTF” xabida savdo qilinadigan Yevropa etalon gaz narxi bir kunda 45 foizgacha oshdi. Buyuk Britaniyadagi “NBP” indeksi ham keskin ko‘tarildi.

Asosiy xavotir Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish taqdiri bilan bog‘liq. Eron harakatni cheklagani haqida signallar ortidan tankerlar tranziti deyarli to‘xtadi. Qatar Yevropaga “LNG” importining 12-14 foizini yetkazib beradi, ammo muammo faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minotda emas: agar Osiyo bozorida tanqislik yuzaga kelsa, global raqobat kuchayib, Yevropa uchun ham narxlar yana oshishi mumkin. 

Musulmon Ziyo, O‘zA