Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo xabarlari qisqa satrlarda
11:29 / 2026-02-23

Qisqa, aniq va ishonchli axborot – global dunyoda tezkor xabardorlik garovidir. Binobarin, O‘zA jahonda sodir bo‘layotgan eng muhim voqealarni qisqa satrlarda yoritishda davom etadi.

Jenevada AQSH–Eron muzokaralarining yangi bosqichi

Oman confirms US-Iran talks will take place in Geneva on Thursday

O‘mon vositachiligida AQSH va Eron o‘rtasidagi yadroviy muzokaralarning navbatdagi raundi payshanba kuni Jenevada o‘tkaziladi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi mazkur yig‘in diplomatik yechim uchun “yaxshi imkoniyat” bo‘lishini ta’kidlagan. Shu bilan birga, Vashington mintaqada harbiy kuchlarni kuchaytirib, qo‘shimcha havo mudofaa tizimlarini joylashtirgan.

Oq uy rahbari Donald Tramp muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, cheklangan zarbalar ehtimolini istisno qilmadi. Tehron esa faqat yadroviy dastur masalasi muhokama qilinayotganini, uranni boyitish huquqidan voz kechmasligini aytmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar saqlanib turgan bir paytda, har ikkisi ham har qanday ssenariyga tayyor ekanini bildirgan.

Vengriya Kiyevga ultimatum qo‘ymoqda

Orban visits Ukraine for the first time since Russia's invasion

Vengriya 20-sanksiyalar paketi qabul qilinishiga qarshi ekanini e’lon qildi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto aytishicha, Ukraina Rossiya zarbasidan shikastlangan “Drujba” quvurini ta’mirlab, Vengriyaga neft tranzitini qayta tiklamas ekan, Budapesht paketni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Rasmiy Kiyev bu bayonotlarni “shantaj va ultimatum” deb atadi. Ayni paytda Slovakiya ham neft ta’minoti tiklanmasa, Ukrainaga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qilgan. Rossiya hujumlari tufayli Ukraina energetika infratuzilmasi jiddiy zarar ko‘rgan bir sharoitda, Vengriyaning bu pozitsiyasi YeI ichidagi ixtiloflarni yanada kuchaytirmoqda.

Arab davlatlari AQSH elchisi bayonotini qoraladi

US ambassador's Israel comments condemned by Arab and Muslim nations

Islom hamkorlik tashkiloti, Arab Ligasi, Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi va jami 14 arab mamlakatlari AQSHning Isroildagi elchisi Mayk Hakkabining bayonotlarini keskin qoraladi. Hakkabi intervyuda Isroil arab hududlari, jumladan G‘arbiy sohil ustidan nazorat o‘rnatishi mumkinligini aytgan edi. Qo‘shma bayonotda bu fikrlar xalqaro huquq va BMT Nizomiga zid ekani ta’kidlandi.

Davlatlar bu so‘zlar mintaqadagi keskinlikni kuchaytirishi va ikki davlatli yechim bo‘yicha sa’y-harakatlarga putur yetkazishini bildirdi. Ular 1967-yil chegaralari asosida mustaqil Falastin davlati tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlab, Vashingtondan vaziyatga oydinlik kiritishni so‘radi.

Tehronda talabalar namoyishi qayta avj oldi

Students call for U.S. military intervention in Iran at Krentzman Quad  protest - The Huntington News

Eron poytaxtidagi universitetlarda hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Tehrondagi oliy o‘quv yurtlarida olingan videolarda talabalar “bi sharaf” (“sharmanda”) deb shiorlar aytgani va hukumat tarafdorlari bilan to‘qnashuvlar yuz bergani ko‘ringan. 

Ayni paytda AQSH mintaqada harbiy hozirlikni oshirmoqda va prezident Donald Tramp muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, cheklangan zarbalar ehtimolini istisno qilmagan. Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon mamlakat tashqi bosimga bosh egmasligini ta’kidladi. Mintaqadagi xavfsizlik vaziyati yomonlashgani bois bir qator davlatlar o‘z fuqarolariga Eronni tark etishni tavsiya qilgan.

Bryussel: tariflar oshirilmasligi kerak

European Parliament weighs freezing EU–US trade deal amid Greenland dispute  - https://eutoday.net

Yevropa komissiyasi AQSHdan o‘tgan yil tuzilgan savdo kelishuviga amal qilishni talab qildi. Oliy sud Donald Trampning global tariflarini bekor qilganidan so‘ng, prezident vaqtincha 10 foizlik, keyin esa 15 foizlik umumiy boj joriy etgan edi. Bryussel Vashingtondan keyingi qadamlar bo‘yicha “to‘liq aniqlik” so‘radi.

Komissiya bayonotida YeI mahsulotlari uchun kelishilgan 15 foizdan ortiq tarif qo‘llanmasligi shart ekani ta’kidlandi. Bryusselga ko‘ra, noaniq va o‘zgaruvchan bojlar transatlantik savdoga putur yetkazadi va global bozorlarda ishonchni susaytiradi.

Grenlandiya Trampning “kasalxona kema” g‘oyasini rad etdi

US, Greenland and Denmark start diplomatic talks to ease Trump tensions |  Reuters

Grenlandiya bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen AQSH prezidenti Donald Tramp taklif qilgan kasalxona kemasini yuborish g‘oyasiga “yo‘q, rahmat” deb javob berdi. Ma’lumki, Tramp Luiziana gubernatori Jeff Landri bilan birga Grenlandiyaga tibbiy kema jo‘natish ustida ishlayotganini aytgan edi. Nilsen esa mamlakatda fuqarolar uchun bepul davlat sog‘liqni saqlash tizimi mavjudligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, u Grenlandiya muloqot va hamkorlikka ochiqligini bildirib, Vashingtonni ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotlar o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga chaqirdi. Keyingi oylarda Trampning Arktika hududi haqidagi bayonotlari NATO ittifoqchilari o‘rtasida keskinlikka sabab bo‘lgan edi.

Musulmon Ziyo, O‘zA