Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo xabarlari qisqa satrlarda
14:28 / 2026-02-20

Qisqa, aniq va ishonchli axborot – global dunyoda tezkor xabardorlik garovidir. Binobarin, O‘zA jahonda sodir bo‘layotgan eng muhim voqealarni qisqa satrlarda yoritishda davom etadi.

AQSH BMTga qarzining 160 mln dollarini to‘ladi

US pays $160 million of more than $4 billion owed to UN - BusinessWorld  Online

Qo‘shma Shtatlar BMT oldidagi qarzining 160 million dollarini to‘ladi. Ta’kidlanishicha, ayni paytda Vashingtonning tuzilmadan umumiy qarzi 4 milliard dollardan oshadi, jumladan tinchlikparvarlik missiyalari bo‘yicha ham yirik miqdordagi qarz saqlanmoqda.

AQSH prezidenti Donald Tramp ushbu xalqaro tashkilotni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashini aytgan bo‘lsa-da, ammo uning ma’muriyati majburiy to‘lovlarni to‘liq amalga oshirmagan. 

Venesuelada cheklangan amnistiya: huquq faollari norozi

Venezuelan Parliament Approves 'Bolívar' Law to Punish Endorsers of  Economic Sanctions - Venezuelanalysis

Venesuela parlamenti hukmron partiya tashabbusi bilan cheklangan amnistiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Hujjat ayrim yillardagi norozilik namoyishlari va siyosiy voqealar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun afv berishni nazarda tutadi, biroq “harbiy isyon” kabi ayrim ayblovlar amnistiyadan chiqarilgan. Qonunga ko‘ra, xorijdagi shaxslar amnistiya so‘rab murojaat qilishi mumkin, ammo qaror uchun shaxsan mamlakatga kelish talab etiladi.

Inson huquqlari tashkilotlari hujjatni yetarlicha tahrirlanmagan, deb baholamoqda. Ular siyosiy mahbuslar to‘liq ozod etilmayotgani, mulk va lavozim cheklovlari bekor qilinmaganini qayd etishgan. Hukumat esa mamlakatda siyosiy mahbuslar yo‘qligini aytib keladi va amnistiyani “yarashuv jarayoni” deb atadi. 

G‘azoda qurbonlar soni rasmiy raqamdan yuqori

Gaza deaths in war's first 15 months higher than reported, study says |  Reuters

“The Lancet Global Health” jurnali e’lon qilgan yangi ma’lumotga ko‘ra, G‘azoda urushning dastlabki 15 oyida 75 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari avval ma’lum qilgan 49 minglik raqamdan ancha yuqori. Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlarning 56 foizdan ortig‘ini ayollar, bolalar va qariyalar tashkil etgan.

Tadqiqotchilar 2 mingta xonadon o‘rtasida yuzma-yuz so‘rov o‘tkazib, hisob-kitob qilgan. Ular zo‘ravonlik oqibatidagi o‘limlardan tashqari, urush bilan bilvosita bog‘liq kasallik va boshqa sabablar tufayli yana 16 mingdan ortiq inson vafot etganini ta’kidlamoqda. Mualliflar vaziyat og‘ir sharoitda hisob yuritilgani sababli rasmiy raqamlar kam baholangan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

“Nvidia” “OpenAI”ga 30 mlrd dollar sarmoya kiritishi mumkin

Nvidia close to investing $30 billion in OpenAI's mega funding round, source  says | Reuters

“Nvidia” “OpenAI”ning yangi moliyalashtirish raundi doirasida 30 milliard dollar sarmoya kiritishga yaqin turibdi. Manbalarga ko‘ra, “OpenAI” 100 milliard dollardan ortiq mablag‘ jalb qilishni rejalashtirgan va bu kompaniyani taxminan 830 milliard dollarga baholashi mumkin. Bu tarixdagi eng yirik xususiy sarmoya to‘plashlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Sarmoyaning katta qismi “OpenAI” tomonidan “Nvidia” chiplarini xarid qilishga yo‘naltiriladi. Bu esa sun’iy intellekt bozorida chip ishlab chiqaruvchilar va model yaratuvchilar o‘rtasidagi moliyaviy bog‘liqlik yanada kuchayganini ko‘rsatadi. 

Rossiyada kafe va restoranlar ommaviy yopilmoqdami?

In Russia, many restaurants and cafes close as consumption stalls amid  major slowdown

RFda restoran va kafelar ziddiyat boshlanganidan beri tez sur’atda yopilmoqda. Moskvadan Vladivostokkacha bo‘lgan shaharlar savdo nuqtalarida “ijaraga beriladi” yozuvlari ko‘paygan. Iqtisodiyot so‘nggi yillarda tashqi sanksiyalarga qaramay o‘sishni saqlab kelgan bo‘lsa-da, yuqori foiz stavkalari, soliqlar va oziq-ovqat narxlarining keskin oshishi iste’molni susaytirmoqda. 

Ta’kidlanishicha, o‘lkada umumiy iste’mol xarajatlari o‘sishi fevralda ikki yil ichida ilk bor nolga tushgan. Markaziy bank foiz stavkasini 15,5 foizga tushirganiga qaramay, biznes uchun kreditlar 18–19 foiz atrofida qolmoqda. Ko‘plab ruslar restoran o‘rniga arzonroq tez tayyor taomlar va supermarket mahsulotlarini tanlamoqda. Iqtisodchilar bu holat urush iqtisodiyoti bosimi va aholi daromadlarining sekinlashuvi bilan bog‘liq ekanini ta’kidlamoqda.

“Tesla” “Cybertruck” narxini tushirdi

The Cheapest Cybertruck Now Costs Almost $100,000 - Business Insider

“Tesla” kompaniyasi “Cybertruck”ning yangi, arzonroq muqobilini taqdim qildi. Ikki motorli, to‘liq yuritmali model 59 990 dollardan boshlanadi. Shu bilan birga, eng qimmat “Cyberbeast” versiyasi narxi 114 990 dollardan 99 990 dollarga tushirildi.

Kompaniya 2026-yil strategiyasida xaridorlar sonini oshirish uchun narxlarni tushirishga urg‘u bermoqda. Avvalroq, “Model Y”ning yangi to‘liq yuritmali varianti ham arzonroq segmentda taqdim etilgan edi.

Musulmon Ziyo, O‘zA