Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo xabarlari qisqa satrlarda
17:47 / 2026-02-19

Qisqa, aniq va ishonchli axborot – global dunyoda tezkor xabardorlik garovidir. Binobarin, O‘zA jahonda sodir bo‘layotgan eng muhim voqealarni qisqa satrlarda yoritishda davom etadi.

Eron AQSHga yozma taklif tayyorlamoqda

Iran and U.S. conclude high-level talks in Oman, agree to resume next week,  Tehran says | Amu TV

Eron Jenevada o‘tgan muzokaralardan so‘ng AQSH bilan qarama-qarshilikni yumshatish bo‘yicha yozma taklif taqdim etishi kutilmoqda. “Reuters” manbasiga ko‘ra, Vashington hozir Tehronning rasmiy hujjatini kutayotir. 

Qo‘shma Shtatlar Erondan yadroviy dasturdan to‘liq voz kechishni talab qilmoqda, Islom Respublikasi esa faqat sanksiyalar yumshatilishi sharti bilan cheklovlar masalasini muhokama qilishga tayyorligini bildirgan.

Xabarlarga ko‘ra, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio 28-fevral kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashib, Eron masalasini muhokama qilmoqchi. AQSH rasmiylari muzokaralarda ilgarilash borligini tan olgan bo‘lsa-da, ammo tomonlar hali ham qator masalalarda keskin farqlarga ega.

Mers bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga cheklovni qo‘llab-quvvatladi

Germany news: Merz open to social media ban for under-16s

Germaniya kansleri Fridrix Mers bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklash bo‘yicha chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatladi. U soxta xabarlar, sun’iy intellekt orqali yaratilgan kontent va onlayn manipulyatsiyalar jamiyatga jiddiy tahdid solayotganini ta’kidlab, 14 yoshli o‘smirlar kuniga o‘rtacha besh yarim soat internetda vaqt o‘tkazayotganini misol keltirdi.

Mamlakatdagi Xristian-demokratlar partiyasi 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “TikTok” va “Instagram” kabi platformalarga taqiq joriy etish masalasini muhokama qilmoqda. Bu tashabbusni koalitsiyadagi sotsial-demokratlar ham qo‘llab-quvvatlamoqda, biroq GFRda umummilliy cheklov joriy etish uchun hududlar o‘rtasida kelishuv talab etiladi.

Kanada immigratsiya qoidalarini o‘zgartirdi

Express Entry | Canada Immigration Visa | Mississauga

Kanada hukumati “Express Entry” tizimiga yangi ustuvor yo‘nalishlar qo‘shdi. Endi tadqiqotchilar, aviatsiya mutaxassislari, yuqori malakali shifokorlar va transport sohasi xodimlari bilan birga ayrim harbiy mutaxassislar ham immigratsiyada ustuvor toifaga kiradi. Hukumat bu qadamni mehnat bozoridagi tanqislikni bartaraf etish va iqtisodiyotni strategik sohalarda mustahkamlash bilan izohladi.

Bosh vazir Mark Karni migratsiya oqimini umumiy kamaytirishni ko‘zlayotgan bir paytda, mudofaa va yuqori texnologiya sohalarida malakali kadrlarni jalb etishga urg‘u bermoqda. Yangi strategiya doirasida Kanada mudofaa sarmoyalarini keskin oshirishni rejalashtirgan va bu orqali AQSHga bog‘liqlikni kamaytirishni maqsad qilmoqda.

Pekin Tramp tariflarini imkoniyatga aylantirmoqda

Trump's Trade War Timeline: An Up-to-Date Guide | PIIE

Xitoy AQSH prezidenti Donald Trampning tarif siyosatini o‘z foydasiga burishga urinmoqda. “Reuters” tahliliga ko‘ra, Pekin 19 trillion dollarlik iqtisodiyotini Vashington bosimidan himoya qilish uchun Yevropa Ittifoqi, Fors ko‘rfazi davlatlari va Tinch okeani savdo blogi kabi yirik iqtisodiy hududlar bilan aloqalarni chuqurlashtirishga kirishgan. XXR 20 ga yaqin savdo kelishuvini tezlashtirish orqali global ta’minot zanjirlariga yanada mustahkam o‘rnashishni maqsad qilmoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, Xitoy o‘zini yangi ko‘p tomonlama savdo tizimining markaziga aylantirishni rejalashtirmoqda, biroq 1,2 trillion dollarlik savdo profitsiti va ortiqcha ishlab chiqarish muammosi sheriklar xavotirini kuchaytirmoqda. Ayrim g‘arb diplomatlari bu vaziyatni Pekin uchun “oltin imkoniyat” deb hisoblasa, boshqalar Xitoy amalda bozor ochiqligi va iste’molni oshirish bo‘yicha aniq qadamlar tashlashi kerakligini ta’kidlamoqda.

Seul chegara yaqinidaparvoz taqiqini tiklamoqchi

North Korean man who crossed border wants to defect: Seoul

Janubiy Koreya mudofaa vazirligi 2018-yilgi harbiy kelishuv doirasida joriy etilgan, keyinchalik bekor qilingin parvoz taqiqini qisman tiklash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Rejaga ko‘ra, demilitarizatsiya zonasi yaqinida samolyot va dronlar harakatini cheklash qayta joriy etilishi mumkin, biroq rasmiylar bu qaror harbiy shaylikka salbiy ta’sir qilmasligini ta’kidlamoqda.

Vazirlik AQSH bilan maslahatlashuv olib borayotganini bildirdi. Ayrim ekspertlar fikricha, taqiq tiklansa Seulning shimolga nisbatan kuzatuv imkoniyatlari qisqarishi mumkin. 

Pokiston BMT tinchlikparvarlik missiyalarini himoya qilishga chaqirdi

Pakistan honours sacrifices of UN peacekeepers for global peace - Pakistan  Observer

Pokiston BMT tinchlikparvarlik operatsiyalari moliyaviy bosim ostida ekanini ta’kidlab, bu tizimni saqlab qolishga chaqirdi. Tuzilmadagi doimiy vakil Asim Iftixor Axmadning aytishicha, so‘nggi o‘n yilda yangi missiya ochilmagani xavotirli signal bo‘lib, global beqarorlik kuchaygan bir paytda tinchlikparvarlikka ehtiyoj kamaymagan. Uning fikricha, bu masala texnik emas, avvalo siyosiy iroda bilan bog‘liq.

Elchi moliyaviy tanqislik tufayli qo‘shinlar va fuqarolik xodimlari qisqargani, bu esa aholini himoya qilish va zo‘ravonlikni to‘xtatish vazifalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytdi. Pokiston BMT Xavfsizlik Kengashi vakolat bergan missiyalar barqaror va kafolatlangan moliyalashtirish bilan ta’minlanishi kerakligini urg‘uladi. Unga ko‘ra, tinchlikparvarlik global xavfsizlikning asosiy vositalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Italiya “SeaWatch”ga 76 ming yevro to‘laydi

Sea Watch, judges demand 76,000 euro compensation from the ministries.  Meloni: 'Absurd' - Il Sole 24 ORE

Palermo sudi 2019-yil iyun oyida “Sea Watch” kemasining noqonuniy hibsga olingani yuzasidan Italiyani 76 ming yevrodan ortiq tovon to‘lashga majbur qildi. Gap 42 nafar muhojirni Lampeduza oroliga tushirish uchun dengiz blokadasini yorib o‘tgan kema kapitani Karola Rakete bilan bog‘liq mojaro haqida ketmoqda.

Sud qaroriga ko‘ra, davlat 2019-yil oktabrdan dekabrgacha kema uchun sarflangan port yig‘imlari, yoqilg‘i va huquqiy xarajatlarni qoplab berishi kerak. Bu ish Italiyaning muhojirlar siyosati va nodavlat qutqaruv tashkilotlari bilan munosabatlari borasida yana bir bahsli sahifaga aylandi.

Dubay portlari xalqaro assotsiatsiyaga qo‘shildi

Dubai Ports Authority unveils first AI-powered system

Dubay portlari ma’muriyati (DPA) Xalqaro portlar assotsiatsiyasi (IAPH)ga rasman a’zo bo‘ldi. Bu qadam Dubayning global portlar tarmog‘idagi ishtirokini kengaytirish va barqaror, samarali hamda raqamli transformatsiyaga yo‘naltirilgan dengiz infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirildi. 

A’zolik orqali DPA 90 dan ortiq davlat port jamoalari bilan hamkorlik va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma’muriyat IAPH doirasida emissiyalarni qisqartirish, energiya transformatsiyasi, raqamlashtirish va ta’minot zanjiri barqarorligi bo‘yicha dasturlarda faol ishtirok etadi. Rasmiylarga ko‘ra, bu a’zolik Jabal Ali, Al-Hamriya va Mina Rashid portlarining xalqaro raqobatbardoshligini oshirish, aqlli texnologiyalar joriy etish va global standartlarga moslashishga xizmat qiladi.

Musulmon Ziyo, O‘zA