French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo xabarlari qisqa satrlarda
17:52 / 2026-02-16

-

AQSH–Eron muzokaralari: diplomatiya hal qiluvchi bosqichda

OPINION - Are Iran and US on brink of war?

AQSH va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokara yana faollashdi. Tehron rasmiylari Xalqaro atom energetikasi agentligi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazishini ma’lum qildi. Bu qadam muloqotning navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik sifatida baholanmoqda.

Vashington esa Islom Respublikasi uranni boyitishi darajasi bo‘yicha xavotir saqlanib qolayotganini bildirdi. “Reuters” tahlilchilari fikricha, kelishuvga erishilsa, bu nafaqat mintaqaviy xavfsizlik, balki jahon energetika bozoriga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Germaniya chegara nazoratini uzaytirdi

Why is Germany imposing more restrictions on its borders?

Germaniya hukumati migratsiya bosimi va xavfsizlik omilini asos qilib, ichki chegara tekshiruvi tartibini yana olti oyga uzaytirishini e’lon qildi. Qaror Yevropa Ittifoqi qoidasi doirasida qabul qilingan.

Bu qadam Shengen hududida erkin harakat tamoyiliga ma’lum darajada ta’sir qilishi mumkin. Mutaxassislar holatni Yevropa davlatlarining milliy xavfsizlik masalasiga qat’iy yondashuvi sifatida baholamoqda.

Ukrainada korrupsiya ishi: sobiq vazir qo‘lga olindi

Ukraine's ex-energy minister detained trying to flee Ukraine

Ukraina huquqni muhofaza qiluvchi idoralari sobiq energetika vazirini ko‘p miqdorda pora olish gumoni bilan qo‘lga oldi. Rasmiylar bu ishni korrupsiyaga qarshi kurash doirasidagi muhim qadam, deb atamoqda.

Kiyev shu tariqa xalqaro hamkorlarga islohot davom etayotganini ko‘rsatmoqchi. Ekspertlar fikricha, mazkur ish mamlakat ichki siyosiy muhitiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi sanoati siyosatida yangi bosqich

The latest proposal to save the EU's economy aims to avoid a 'slow agony' –  but it lacks bold ideas

Bryussel Yevropa sanoatini qo‘llab-quvvatlash va global raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha yangi strategiya ustida ish olib bormoqda. Ayni jarayonda asosiy e’tibor texnologiya, energiya va yashil iqtisodiyotga qaratiladi.

“Politico” xabariga ko‘ra, YeI iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlashga qaratilgan uzoq muddatli rejaning bir qismi sifatida davlat subsidiyasi va investitsiya mexanizmini qayta ko‘rib chiqmoqda.

Muzokara va neft narxi barqarorligi

10 Top Oil-producing Countries | INN

Jahon bozorida neft narxi AQSH – Eron muzokarasi asnosida nisbatan barqaror saqlanib turibdi. Sarmoyadorlar geosiyosiy xavf va ehtimoliy kelishuv natijasini diqqat bilan kuzatmoqda.

“SNN Business” tahliliga ko‘ra, agar kelishuv amalga oshsa, bozorga qo‘shimcha neft kirishi mumkin. Natijada narxni pasaytiruvchi bosim ehtimoli kuchayadi.

Fransiyada fermerlar namoyishi davom etyapti

Farmers clash with police in southwest France over mass cattle culls and  trade fears - RFI

Fransiyada fermerlar Yevropa Ittifoqi savdo siyosati va arzon import mahsulotiga qarshi yana ko‘chalarga chiqdi. Namoyishchilar milliy qishloq xo‘jaligi qo‘llab-quvvatlanishni talab qilmoqda.

Ayrim hududlarda transport harakati cheklangan. Hukumat fermerlar bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

Xitoyda Yangi yil iqtisodiy faollikni oshirdi

How Chinese New Year customs and taboos can determine your fortune | RNZ  News

Xitoyda oy taqvimi bo‘yicha bahor boshlanishi nishonlanadigan eng muhim an’anaviy bayram – Yangi yil munosabati bilan ichki sayohat va chakana savdo hajmi oshdi. Millionlab fuqarolar mamlakat bo‘ylab harakatlanmoqda.

Iqtisodchilar bu holatni ichki talab tiklanayotgani belgisi sifatida baholamoqda. Turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida daromad keskin o‘sgani qayd etilmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA