Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo xabarlari qisqa satrlarda
18:31 / 2024-10-16

Qozog‘iston Rossiyadan importni oshirdi

Qozog‘iston Milliy statistika byurosi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilning dastlabki 8 oyida Rossiyadan Qozog‘istonga tovar importi 2,1 foiz oshib, 11,2 milliard dollarga yetgan. Bu o‘tgan yil shu davriga nisbatan 231,9 million dollar ko‘p. Bu haqda “Orda.kz” nashri yozgan.

Qozog‘iston Rossiya бозорини тарк этgaн компанияларни жалб қилмоқчи –  Газета.uz

Qozog‘istonga RFdan kirib keladigan mahsulotlar orasida metall, mashina va uskuna, kimyo mahsulotlari va oziq-ovqat yetakchilik qilmoqda.

Rossiya qardosh mamlakat importining 29,4 foizini qoplagan. Bu borada ikkinchi yirik iqtisodiy sherik – Xitoyning ulushi 24,9 foiz.

Mask Trampga 75 million dollar xayriya qildi

Ilon Mask может стать пyerвым в мире dollarовым триллионyerом

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask uch oy davomida AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampning saylov kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun siyosiy qo‘mitaga qariyb 75 million dollar xayriya qilgan. Bu haqda Federal saylov komissiyasi saytida chop etilgan hisobotda aytilgan.

Avvalroq milliarder ijtimoiy tarmoq orqali sobiq Prezidentni qo‘llab-quvvatlashini bir necha bor bildirgan.

Mask keyingi yillarda siyosiy faollikni oshirib, o‘zining X ijtimoiy tarmog‘i orqali muntazam ravishda Amerika siyosati haqida fikr bildirib kelmoqda. Holbuki, u avvallari har ikki yetakchi partiyani tez-tez va keskin tanqid qilardi. Vaqt o‘tishi bilan Maskning qarashi o‘zgarib, Respublikachilar partiyasini ochiq qo‘llab-quvvatlamoqda.

Yaponiya Koreya yarim orolida keskinlashuvning oldini olishga chaqirdi

В Японии призvaли не допuстить эскалации на Корейском полuострове - РИА  Новости, 16.10.2024

Ma’lumki, KXDR ikki Koreya o‘rtasidagi yo‘lning bir necha qismini portlatib yubordi. Shu munosabat bilan Yaponiya yarim oroldagi vaziyat keskinlashuvining oldini olish muhim, deb hisoblamoqda. Bu haqda kun chiqar yurt Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi o‘rinbosari Kazuxiko Aoki matbuot anjumanida gapirgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hukumat “ma’lumot to‘plash, tahlil qilish va Shimoliy Koreyaning keyingi harakatini kuzatish uchun barcha choralarni ko‘radi.

Livanda 17 sentyabrdan beri tibbiyot muassasalariga

20 dan ko‘p hujum uyushtirilgan

Что происходит в Лиvaне: последние новости

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qilishicha, 17 sentyabrdan buyon Livandagi tibbiyot muassasalariga 20 dan ziyod hujum uyushtirilishi natijasida 72 shifokor halok bo‘lgan, 43 kishi jarohatlangan. Mojarodan jabr ko‘rgan hududlarda joylashgan 207 birlamchi sog‘liqni saqlash muassasasi hamda tibbiyot markazidan 100 tasi yopilgan.

Hozir Livandagi tibbiyot majmualarida ta’minot kamaygan, xodimlar charchagan.

JSST Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqaviy direktori Xonan Balxiy Livandagi vaziyatni “tashvishli” deb atadi va yuqoridagi holat butun hududga eng kerakli paytda tibbiy xizmat ko‘rsatishga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidladi.

Isroil muxolifati Eronning neft konlariga hujum qilishga chaqirmoqda

Еще один акт вoyны: Израиль атакuет иранские gaзопроводы - World Socialist  Web Site

Isroildagi parlament muxolifati yetakchisi Yair Lapid rasmiylarni Eronga javob zarbasi berilganda, mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida neft konlarini nishonga olishga chaqirdi. Bu haqda “Jerusalem Post” gazetasi yozdi.

Avvalroq “Washington Post” gazetasi manbalarga tayanib, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Prezident Jo Bayden ma’muriyatiga Eronning neft yoki yadroviy emas, balki harbiy ob’ektlariga zarba berishga tayyorligini aytgani haqida yozgan edi.

Klinton demokratlar g‘alabasi kafolatini aytdi

Klinton высмеял Trampа за слоva о том, что при нем Rossiya и КНДР uvaжали  SША — EADaily — Новости России. SША новости сегодня. SША. Rossiya. Rossiya  SША. SША Rossiya. SША Rossiya новости.

AQSH sobiq Prezidenti Bill Klinton Jorjiya shtatida demokratlar nomzodi Kamala Xarris uchun saylov oldi tashviqoti chog‘idaNBC News telekanaliga intervyu berib, “Saylov natijasi “ovozlarni adolatli va ochiq sanab olishimiz”ga bog‘liq bo‘ladi, dedi. U “Demokratlar g‘alaba qozonishiga nima yordam beradi? Savoliga shunday javob bergan:

– G‘alaba muvaffaqiyatni ko‘proq xohlaydiganlar tomonidan bo‘ladi. Biz ovozlar adolatli, ochiq sanalishiga erisha olamizmi?

Demokratik partiya vakili Kamala Xarris va uning respublikachi raqibi Donald Tramp o‘rtasidagi raqobat saylov kuni yaqinlashgan sari keskin tus olmoqda. So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, ikki nomzod imkoniyati o‘rtasidagi farq atigi 1 foizdan ham kam.

YeI va Fors ko‘rfazi yetakchilari Yaqin Sharq va Ukraina masalasini muhokama qiladi

Евросоюз и страны Пyerсидского залиva обсuдят Uкраинu и Ближний Восток —  EADaily, 16 октября 2024 — Новости политики, Новости Uкраины

Bugun Yevropa Ittifoqi va Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi (FHK) rahbarlari Bryusselda birinchi sammitni o‘tkazish uchun yig‘ildi. Anjumanda Yaqin Sharqdagi vaziyat, energetika sohasidagi hamkorlik va Ukraina inqirozi masalalari muhokama qilinmoqda.

– Sammitda e’tibor uch yo‘nalishga qaratiladi: geosiyosiy vaziyat, jumladan Ukraina va Yaqin Sharqdagi urush, global muammolarga nisbatan birgalikda javob choralari ko‘rish, shuningdek YeI va FHK munosabatida savdo va viza masalasi, – degan YeI yuqori lavozimli vakili uchrashuv oldidan jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharq inqirozi bo‘yicha tomonlar umumiy maqsadni ko‘zlamoqda – keskinlashuvning oldini olish.

FATF Rossiyani qora ro‘yxatga kiritishi mumkin

Грuппа разработки финансовых мyer borьбы с отмыvaнием денег (ФАТФ) -  Инститuт Инноvaционного Развития и Технологий

FATF – Financial Action Task Force (Moliyaviy qonunbuzarlikka qarshi chora ko‘rish guruhi) kelgusi hafta Rossiyani qora ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ukraina RFga nisbatan shunday qaror chiqarishga urinmoqda. Ushbu xabar “Politico” tomonidan nashr ixtiyoriga kelib tushgan hujjatga tayanib tarqatildi.

Ukraina 2022 yil apreldan buyon ushbu yo‘nalishda ish olib boryapti.
22 oktyabr kuni mazkur tashkilotning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Ta’kidlanishicha, bunday qaror qabul qilish uchun FATF a’zolari – 40 davlat, jumladan Xitoy, Hindiston, Braziliya, Janubiy Afrika va Saudiya Arabistonidan ham yakdil fikr talab qilinadi. 

Ukrainada davom etayotgan mojaro tufayli Rossiyaning tuzilmaga a’zoligi 2023 yil 24 fevraldan boshlab to‘xtatilgan.

S.Rahimov,

O‘zA