French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo xabarlari qisqa satrlarda
14:20 / 2024-10-12

Kondoliza Rays: Rossiya, Xitoy va Eron AQSHni yetakchilikdan siqib chiqarmoqchi

AQSH sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays aytishicha, Rossiya, Xitoy va Eron AQSH uchun hayotni “arzimas” qilish va mamlakatni xalqaro yetakchilik pozitsiyasidan siqib chiqarish maqsadida ittifoq tuzgan.

Kondoliza Rays: Rossiya, Китай и Иран хотят выдавить SША из лидерстva

"Bu davlatlarning kichik ittifoqi Qo‘shma Shtatlar uchun hayotni dahshatli qilish va bizni xalqaro yetakchilikdan siqib chiqarishga harakat qilmoqda", dedi u “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Moskva, Pekin va Tehron tahdidlarini baholar ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronning qo‘lida “amerikaliklar qoni bor”, Xitoy esa harbiy va iqtisodiy jihatdan tobora kuchaymoqda.

“Tahdid jiddiy”, – deya xulosa qilgan sobiq davlat kotibi.

Eron AQSH ittifoqchilariga zarba berish bilan tahdid qildi

Rossiya, Китай и Иран призvaли Запад «проявить волю» по ядерной сделке — РБК

Eronning yuqori martabali mulozimlaridan biri “Reuters” agentligiga ma’lum qilishicha, mamlakat shu hafta bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Saudiya Arabistonini Isroilga hujum uyushtirishda yordam bersa, Podshohlik neft inshootlari xavfsizligini kafolatlay olmasligidan ogohlantirgan.

Shuningdek, u muzokara chog‘ida “agar Fors ko‘rfazi davlatlari o‘z havo kengligini Isroilga ochsa, bu urush harakati sifatida baholanishi” qayd etiladi, degan.

JB direktorlar kengashi Ukraina uchun yangi fond tashkil etilishini ma’qulladi

Всемирный банк скорректироvaл прогноз роста ВВП Узбекистана на 2024 год

Mazkur jamg‘arma AQSH, Yaponiya va Kanada tomonidan moliyalashtiriladi. Ovoz berishda yagona e’tiroz Rossiya tomonidan bildirilgan. Jamg‘arma Jahon banki tomonidan boshqariladi va yil oxirigacha Ukrainaga 50 milliard dollar qo‘shimcha mablag‘ berish bo‘yicha katta yettilik davlatlariga majburiyatni bajarishda yordam beradi.

15 iyun kuni “Katta yettilik” davlatlari Rossiyaning muzlatilgan aktividan olingan foyda hisobidan Ukrainaga 50 milliard o‘tkazishi xabar qilingan edi. Bu pul harbiy, byudjet ehtiyoji va mamlakatni qayta qurish uchun sarflanadi.

Rossiya yaqin kunlarda “yadro beshligi” majlisi o‘tkazlishini ma’lum qildi

Ryabkov опроверг слоva Трампа о полной сделке по денuклеаризации

Yaqin ikki hafta ichida Nyu-Yorkda besh yadroviy davlat: Rossiya, AQSH, Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniya vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RF tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi. Aniq sana va ishtirokchi rasmiylar darajasi haqida ma’lumot berilmagan.

Ukraina bilan urush boshlangandan beri Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi yadroviy taranglik misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarildi. Sentyabr oyida Prezident Vladimir Putin yadroviy doktrinaga o‘zgarish kiritilishi, yadro qurolidan foydalanish ko‘lami kengayishini e’lon qildi. Kreml ta’kidlashicha, bu G‘arb uchun aniq signal, Rossiyaga hujum qilishda ishtirok etmoqchi bo‘layotgan davlatlarni oqibatdan ogohlantirish.

AQSH Isroilni Eronga hujum ko‘lamini cheklashna chaqirmoqda

SША предлагают Израилю ограничить масштаб uдара по Иранu, соobщает Blumberg  - РИА Новости, 10.10.2024

Qo‘shma Shtatlar Isroilga iqtisodiy sanksiya joriy etish evaziga Eronga qarshi javob zarbasi ko‘lamini cheklashni taklif qildi, deb xabar tarqatdi “Blumberg” manbalarga tayanib.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, AQSH rasmiylari Eronning energetika infratuzilmasiga qilingan hujum “energetika bozori faoliyatini izdan chiqarishi” mumkinligidan xavotirda. 1 oktyabr kuni Eron Isroilni tarixda ikkinchi marta yirik raketa otishmasiga duchor qildi va bu amaliyot o‘zini himoya qilish harakati sifatida baholandi.

Misr Sudandagi jangda ishtirok etgani haqidagi da’voni rad etdi

Египет опроверг uтверждения о своем uчастии в боевых действиях в Sudanе -  РИА Новости, 10.10.2024

Misr Tashqi ishlar vazirligi Tezkor harakat kuchlari (THK) qo‘mondoni Muhammad Hamdan Dagloning Misr harbiy-havo kuchlari Sudandagi jangovar harakatda ishtirok etayotgani haqidagi da’vosini rad etdi.

Avvalroq Daglo Misrni Sudan armiyasini qo‘llab-quvvatlash va RRF tuzilmalari pozitsiyalariga havo hujumi uyushtirishda ayblagan edi.

Sudanda 2023yil 15apreldan beri THK va muntazam armiya o‘rtasida shiddatli jang davom etmoqda. Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi mamlakatdagi vaziyat turli kasalliklar avj olishi, sog‘liqni saqlash tizimi halokatli inqirozga uchrashi mumkinligidan xavotir bildirgan.

BRIKS yagona valyutasi bo‘ladimi?

Siluanov высказался о единой vaлюте BRIKS - РИА Новости, 09.10.2024

BRIKS yagona valyutasini yaratish hozircha ko‘rib chiqilmayapti, gap muqobil moliyaviy hisob-kitob va to‘lov tizimini yaratish haqida ketyapti, dedi Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov “RT Arabic” telekanaliga bergan intervyusida.

– Hozir hech qanday yagona valyuta masalasi ko‘tarilmayapti, faqat milliy valyutalar, raqamli moliyaviy aktiv va valyutalardan foydalaniladigan muqobil amaliyot to‘g‘risida gaplashilyapti, – dedi u. – Darvoqe, ko‘pgina markaziy banklar raqamli valyuta chiqarmoqda, shularni bir-biriga moslash va hisob-kitob mexanizmini shakllantirish – aynan bizning vazifamiz.

Sahroi Kabir cho‘lini ko‘p yillar davomida birinchi marta suv bosdi

Пuстыню Sахарu впервые за много лет затопило - РИА Новости, 10.10.2024

So‘nggi o‘n yilliklarda birinchi marta katta miqdordagi yomg‘ir yog‘ishi natijasida Sahroi Kabirni qisman suv bosdi, deyilgan “Independent” gazetasi xabarida.

Ta’kidlanishicha, “toshqin Sahroi Kabir cho‘lidagi palma daraxtlari va qumli tepaliklar orasida moviy suv havzalarini hosil qilgan”.
Noqulay ob-havo tufayli Marokash va Jazoirda 20 kishi halok bo‘lgan. Mahalliy fermerlar ham jiddiy zarar ko‘rgan.

Turkiyada marhum dafn marosimida tirildi

Житель Тuрции ожил на своих похоронах, пиshuт SМИ - РИА Новости, 10.10.2024

Istanbulning Fotih tumanida marhum o‘zining dafn marosimida qayta ko‘z ochdi, deya xabar tarqatdi NTV telekanali.

Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar “marhum”ning yuragi urayotganini sezib qolishgan. Shu zahoti keksa erkakning yuragi uqalangan va kasalxonaga olib ketilgan.

80 yoshli Xolid Bayshu dafn etilayotganda tobut ichidan qichqiriq ovozi eshitilgan.

Afsuski, shifokorlar cholning hayotini baribir saqlab qololmadilar. Bemor kasalxona keltirilgach, joni uzilgan.

S.Rahimov,

O‘zA