Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo xabarlari qisqa satrlarda
22:53 / 2024-09-24

Saudiya xalqaro hamjamiyatni mojarolarni to‘xtatishga chaqirdi

Saudiya Arabistoni Isroil va Livan o‘rtasidagi vaziyat keskinlashgani sababli xalqaro hamjamiyatni Yaqin Sharqdagi mojarolarga barham berish uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga chaqirdi. Podshohlik Tashqi ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoq orqali tarqatgan bayonotda shunday deyilgan.

Осмелиться взять мuжество: Sаuдовская Аравия призыvaет мировое сообщество  осtanовить войны

– Saudiya Livandagi voqealarni tashvish bilan kuzatib bormoqda va mintaqada zo‘ravonlik kuchayishi, shuningdek xavfsizlik va barqarorlik izdan chiqishi xavfi mavjudligini ta’kidlaydi, – deyilgan hujjatda. –  Biz vaziyatning salbiy oqibatidan ogohlantiramiz. Xalqaro hamjamiyat, nufuzli kuchlar ushbu mojarolarga barham berish uchun o‘z o‘rni va mas’uliyatidan foydalanishi lozim.

Vazirlik Livanda barqarorlikni saqlash va mamlakat suverenitetini hurmat qilish zarurligiga ham urg‘u bergan.

G7 Ukrainaga havo mudofaasi tizimini mustahkamlashda

yordam berishga tayyor

МИД Италии: G7 готоva помоgaть Украине в uкреплении системы ПВО -  Рамблер/новости

G7 mamlakatlari Ukrainaning g‘arbdagi ittifoqchilari bilan birga Kiyevga havo mudofaasi tizimini mustahkamlash uchun bundan buyon ham yordam ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi. Bu xabarni BMT Bosh Assambleyasi doirasida Ukraina energetika tizimi mavzusidagi kengaytirilgan yig‘ilish yakuniga to‘xtalib, Italiya TIV tarqatdi.

– Energetika infratuzilmasini hujumdan himoya qilish, jumladan ishtirokchi davlatlar tomonidan Ukraina havo mudofaasi qobiliyatini kuchaytirish orqali xalqaro yordam ko‘rsatilishi zarurligini tan olamiz va bunday ko‘makni davom ettirish majburiyatini yana bir bor tasdiqlaymiz, – deyilgan bayonotda.

Yig‘ilishda “Katta yettilik” davlatlaridan tashqari, Bolgariya, Norvegiya, Niderlandiya, Ruminiya, Slovakiya, Shveysariya, Chexiya, Daniya, Janubiy Koreya va Boltiq bo‘yi mamlakatlari vakillari ham ishtirok etgan.

Xitoy Tayvangacha yetib boradigan “kamikadze-dron” yaratdi

Китай разработал "dron-kamikadze", способный долететь до Тайvaня | «Карл  Маркс»

Xitoyning “Norinco” mudofaa kompaniyasi parvoz masofasi 200 kilometrgacha yetadigan, ya’ni Tayvan orolidagi nishonlarga zarba bera oladigan dron yaratdi, deb yozdi “South China Morning Post”. Xabarda aytilishicha, yangi o‘zi uchar qurilma soatiga 144 kilometr tezlikda 105 daqiqa davomida harakatlana oladi. Bu 200 kilometr masofa bosib o‘tilishini anglatadi. Shuningdek, dron nishonga zarba berishdan oldin havoda bir muddat muallaq turishga qodir.
Nashr yozishicha, tegishli parvoz masofasi 180 kilometrlik Tayvan bo‘g‘ozini kesib o‘tish uchun yetarli.

Argentina sudi Venesuela Prezidentini ushlash to‘g‘risida qaror chiqardi

Аргентинский sud выдал order на арест президента Венесuэлы - РИА Новости,  24.09.2024

Argentina sudi Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroni insoniyatga qarshi jinoyatlari uchun hibsga olish maqsadida order berdi, deb xabar tarqatdi TN telekanali.

Avvalroq Venesuela sudi Argentina Prezidenti Xaver Miley, uning kotibiyati rahbari Karina Miley va xavfsizlik vaziri Patrisiya Bullrichni “Emtrasur” kompaniyasi samolyoti bilan bog‘liq hodisa yuzasidan qo‘lga olish uchun order chiqargan edi.

Sentyabr oyi boshida Argentina Xalqaro jinoiy sud prokuroridan Maduroni hibsga olish uchun order so‘ragan.

2022 yil Argentinaning “Eseysa” aeroportida Venesuelaning “Empresa de Transporte Aéreocargo del Sur” (Emtrasur) kompaniyasiga qarashli “Boeing-747” samolyoti musodara qilingan edi. Mahalliy sud shu yil boshida uchoqni AQSHga o‘tkazishga qaror qildi. Shundan so‘ng samolyot Floridaga jo‘natilgan.

Erdog‘an: Turkiya va YeI o‘rtasidagi munosabatni tiklash zarur

Эрдоgaн заявил Sholsu о необходимости оживить отношения Тuрции и Евросоюза  - РИА Новости, 24.09.2024

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Nyu-Yorkda Germaniya Kansleri Olaf Shols bilan muzokara chog‘ida Anqara va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatni “jonlantirish” zarurligini bildirdi.

1999 yildan YeI a’zoligiga nomzod hisoblanadigan Turkiya 2005 yildan buyon tuzilmaga kirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Kelishmovchilik tufayli muloqot bir necha bor to‘xtatilgan. Hozir tegishli materialning 35 bobidan 16 tasi yechilmagan.

Avvalroq Turkiya yetakchisi, kerak bo‘lsa, Turkiya va YeI yo‘li turli tomonga ajrab ketishi mumkinligini aytgan edi.

Livanda davom etayotgan mojaro

bolalar uchun o‘ta xavotirli ekani ta’kidlandi

В ООН рассказали о последствиях продолжения конфликта в Livanе для детей -  РИА Новости, 24.09.2024

Livanda davom etayotgan mojaro mamlakatdagi barcha bolalar uchun falokatli oqibatlarga olib keladi: dushanba kungi portlashda halok bo‘lgan go‘daklar soni (35 nafar) 11 oylik ko‘rsatkichdan ham oshib ketdi. Ushbu ma’lumotni BMT Bolalar jamg‘armasining Livandagi vakili o‘rinbosari Etti Xiggins Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda e’lon qildi.

– Vayronalar ostida qolganlar esa yanada ko‘proq, – degan u.

Bokuda ADEX harbiy ko‘rgazmasi ish boshladi

Фоторепортаж с выставки ADEX в Бакu

Boku Ekspo-Markazida V Ozarbayjon xalqaro mudofaa ko‘rgazmasi ish boshladi. Ushbu yirik tadbir mintaqa mudofaa sanoati yutuqlariga bag‘ishlangan.

ADEX ilk bor 2014 yil tashkil etilgan. Shundan buyon ishtirokchilar ro‘yxati yil sayin kengaymoqda.

O‘tgan  10 yil davomida anjuman 50 dan ziyod mamlakatda faoliyat yuritayotgan yondosh kompaniyalar va 200 ga yaqin rasmiy delegatsiyani jamladi. Shu kungacha ko‘rgazmaga 30 000 dan ziyod kishi kelgan.

Isroil avia zarbasidan Livan telekanali muxbiri halok bo‘ldi

Livanский telekanal сообщил о гибели корреспондента при израильских uдарах  - РИА Новости, 24.09.2024

Isroil Livan janubiga havodan bergan zarba oqibatida “Al Mayadeen” telekanali muxbiri Hodi As-Sayid halok bo‘ldi, deya xabar tarqatdi mazkur telekanal ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Hujum aynan jurnalistning uyiga to‘g‘ri kelgan.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bergan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, janub va sharqda jami 558 inson hayotdan ko‘z yumgan, 1835 kishi yaralangan.

Dushanba kuni ertalabdan buyon turar-joylar, o‘nlab qishloqlar va aholi manzillari raketa hujumiga uchradi.

S.Rahimov,

O‘zA