Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo xabarlari qisqa satrlarda
11:44 / 2024-04-11

Buyuk Britaniya tashqi ishlari vaziri Devid Kemeron va Fransiya tashqi ishlar idorasi rahbari Stefan Sejurne “Telegraph” gazetasiga bergan intervyusida Rossiya bilan mojaroda Kiyevning mag‘lubiyati G‘arbning mag‘lubiyatini anglatadi, dedi.

“Biz ikkimiz ham aniq bilamiz: bu urushda Ukraina g‘alaba qilishi kerak. Agar Ukraina mag‘lub bo‘lsa, biz hammamiz yutqazgan bo‘lamiz”, - deb munosabat bildirishgan ikki davlat TIV rahbarlari.

***  

G‘azo sektorida harbiy harakatlar boshlagandan buyon Isroil armiyasidan kamida 600 harbiy halok bo‘ldi, deb xabar tarqatdi mamlakat mudofaa armiyasi (SAXAL).

***

Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb Amerikaning “CNN” telekanaliga intervyu berib, Ukrainadagi joriy mojaroda tinchlikka erishishning yagona yo‘li harbiy harakatlarni davom ettirish, deb hisoblashini ta’kidladi.

-Tinchlikka erishishimiz - bu faqat ziddiyat maydoni orqali bo‘ladi, - degan u.

Stubbning ta’kidlashicha, hozirda nizoni yakunlash bo‘yicha muzokaralar boshlash mumkin emas.

***  

Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt 2025-yilda istalgan alohida shaxsdan aqlliroq bo‘ladi,  2029-yilga kelib esa butun insoniyatdan aqlli bo‘ladi.

Avvalroq Mask Sun’iy intellekt insoniyatga tahdid solishi mumkinligini ta’kidlab,  agar texnologiyalar rivojiga alohida e’tibor qaratilsa salbiy oqibatlarning zararini kamaytirish mumkin, degandi.

***  

NATO o‘zini Rossiya bilan urush holatida, deb hisoblamaydi va bunday bo‘lishini xohlamaydi, deb bayonot berdi Alyansning Yevropa bo‘yicha birlashgan kuchlari qo‘mondoni, amerikalik general Kristofer Kavoli.

Generalning ta’kidlashicha, Alyans maqsadi “bunday urushlarni tiyib turish” va NATO a’zolari shu sababdan Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqda.

***  

“Ozarbayjon  o‘zini nafaqat Kavkaz yoki Kasbiy bo‘yi davlati, balki Markaziy Osiyo uchun ko‘prik sifatida ham ko‘rmoqda. Bunday strategik pozitsiya ayniqsa Markaziy Osiyo bilan yanada chuqurroq hamkorlik qilishga intilayotgan g‘arb mamlakatlari uchun chorlov hamdir. Ozarbayjon va Turkiya birgalikda mintaqa bilan hamkorlik qilish uchun darvoza bo‘ladi», deb yozdi Britaniyaning xavfsizlik masalalarini o‘rganuvchi “Royal United Services Institute” (RUSI) instituti .

***

Ukraina sobiq Prezidenti Leonid Kuchma “Kyodo” yangiliklar agentligiga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina endi qardosh xalqlar emas, dedi.

U “Ukrainaning endi qardoshi yo‘q”, -deya ta’kidlab, buning uchun barcha mas’uliyat Moskva zimmasida ekanini aytdi.

***  

Shveysariya Ukraina bo‘yicha sammitni iyun oyi o‘rtalariga rejalashtirmoqda. Unda 100 ga yaqin mamlakat ishtirok etadi, deb yozdi “Blumberg” axborot agentligi. Ta’kidlanishicha, ishtirokchi mamlakatlarning asosiy qismi Global janubdan bo‘ladi.

S.Rahimov, O‘zA