Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo voqealari qisqa satrlarda
20:21 / 2024-02-16

Xusiylar qarama-qarshilikka tayyor

Agar Isroil amaliyotni davom ettiraversa, Xusiylar har qanday qarama-qarshilikka tayyorligini ma’lum qildi.

Harakat vakili Muhammad Al-Buhaytiy mahalliy telekanalga bergan intervyusida xusiylarda qarshilik ko‘rsatishning ko‘plab usullari mavjudligini aytgan.

Masalan, Buyuk Britaniya va AQSH elchixonalari, harbiy qo‘nalg‘alariga hujum qilishimiz mumkin, degan u.

Yaponiya iqtisodiy ustunlikni Germaniyaga berib qo‘ydi

Yaponiya hukumati e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsuloti miqdori 2023 yil to‘rtinchi chorakda yillik ko‘rsatkichga nisbatan 0,4 foiz qisqargan va 4,21 trillion dollarni tashkil etgan. Germaniyaning bu boradagi natijasi esa 4,46 trillion dollarga yetgan.

Demak, kun chiqar yurt jahonning uchinchi iqtisodiy qudratli davlati maqomini Germaniyaga topshirishga majbur bo‘lgan.

NATO Ukraina harbiylari uchun yangi markaz ochadi

NATO Ukraina harbiylarini o‘rgatishga mo‘ljallangan yangi markaz ochishni rejalashtirmoqda, deb yozdi Ispaniyaning “Pais” gazetasi.

KXDR yana raketani sinab ko‘rdi

KXDR kemalarga qarshi ishlatiladigan yangi turdagi raketa sinovini o‘tkazdi.

“Padasuri-6” nomli ushbu aslaha mamlakat harbiy dengiz kuchlari ixtiyoriga beriladi, deb xabar tarqatdi mamlakat Markaziy telegraf agentligi.

AQSH orbitaga yangi yo‘ldosh olib chiqadi

AQSH giper tovushli qurolni kuzatib boradigan yo‘ldoshni orbitaga olib chiqadi, deya ma’lum qildi Pentagonning raketa hujumiga qarshi himoya  agentligi.

Ikki yo‘ldosh giper tovushli va ballistik raketani kuzatishga mo‘ljallangan uskuna bilan jihozlanadi, yana to‘rtta qurilma qiruvchi samolyotni kuzatib boradigan tizimning bir qismi bo‘ladi, deyiladi xabarda.

AQSH F-35 xaridini kamaytiradi

AQSH harbiy byudjeti cheklangani sababli 2025 yil yangi avlod “F-35” qiruvchi samolyoti sotib olishni qisqartiradi.

“Reyter” agentligi yozishicha, Pentagon “Lockheed Martin” kompaniyasidan avval kelishilgan 83 ta o‘rniga 70 ta qiruvchi samolyot oladi.

Ukraina Havo hujumiga qarshi mudofaa koalitsiyasi kuchaymoqda

Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov Havo hujumiga qarshi mudofaa koalitsiyasiga 15 mamlakat qo‘shilganini bildirdi. Shuningdek, u dronlar koalitsiyasi faoliyati boshlanganini ham ma’lum qildi. Vazir ta’kidlashicha, ushbu jamoaga Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Germaniya, Litva, Estoniya, Niderlayendiya va Latviya qo‘shilgan.

Blumberg: Yevropa AQSH ko‘magiga muhtoj

Yevropa mamlakatlari hali kamida o‘n yil qit’a xavfsizligini AQSH yordamisiz ta’minlay olmaydi, deb yozdi agentlik. Shu bois YeIga kiruvchi davlatlar mudofaa qobiliyatini oshirish uchun ko‘proq xarajat qilishi kerakligi ta’kidlangan.

Shvetsiya giyohvandlikka qarshi kurashni kuchaytirgan

Shvetsiya 2023 yil rekord darajada ko‘p giyohvand modda musodara qildi, deyiladi mamlakat bojxona xizmati tarqatgan matbuot xabarnomasida.

O‘tgan yil ushbu mamlakatda jami 11 tonnadan ziyod zahri qotil yo‘q qilingan.

Kanada Ukraina uchun 44 million dollar sarflaydi

Kanada mudofaa vaziri yaqinda Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO majlisida Ottava Ukraina uchuvchilarini tayyorlash uchun 44 million AQSH dollari ajratishini ma’lum qildi. “CBC” telekanali xabar berishicha, ukrainalik uchuvchilar ushbu davlat ko‘magida “F-16” qiruvchi samolyotlarini boshqarishni o‘rganadi.

Tusk Makronning va’dasini jiddiy qabul qildi

Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Yevropani yadro quroli bilan ta’minlash haqidagi va’dasini ko‘tarinki ruhda qabul qildi, deb xabar tarqatdi “Polsat TV” telekanali.

– Men Prezident Makronning Fransiya Yevropani yadro quroli bilan ta’minlashga tayyor, degan so‘zlariga jiddiy qarayman, – dedi u Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashuvdan keyin uyushtirilgan matbuot anjumanida.

S.Rahimov, O‘zA