English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo voqealari qisqa satrlarda
09:00 / 2024-02-08

Ozarbayjon: prezident saylovida faollik kuzatildi.

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezident saylovida ovoz beruvchilar faol qatnashgani kuzatuvchilar tomonidan e’tirof etildi. Turkiy davlatlar parlamentlari assambleyasi (TurkPA) nomidan ishtirok etgan kuzatuvchilar monitoring natijasiga tayanib shunday xulosaga keldi, dedi delegatsiya a’zosi Mahmud Radvan Nazirli.

Ozarbayjonda Prezident 7 yillik muddatga saylanadi.

Fransiyada Isroilni qurollantirishga qarshi norozilik namoyishi

Falastinlik faollardan tashkil topgan “Stop arming Israel France” harakati  Parij yaqinidagi “Dassault Aviation” kompaniyasi idorasi qarshisida Isroilni qurollantirmaslikni talab qilib namoyish o‘tkazdi, deb xabar tarqatdi “RIA Novosti”.

Ishtirokchilar Fransiyaning “Thales”, “Safran”, “Dassault”, “MBDA” va“Nexter” mudofaa kompaniyalari nomi yozilgan bannerlarni ko‘tarib olib, Isroilni qurollantirishni bas qilishga chaqirmoqda.

AQSH Senegalda prezident saylovi ko‘chirilishidan norozi

Amerika davlat departamenti fikricha, 2024 yil 25 fevralda Senegalda o‘tkazilishi belgilangan prezident saylovining boshqa kunga – 15 dekabrga ko‘chirilishi noqonuniy.

Oq uy Senegalni prezident saylovini mamlakat konstitutsiyasi hamda saylov qonunchiligiga rioya qilgan holda o‘tkazishga chaqirdi.

Falastinliklar Isroil bilan yarashuv shartini ma’lum qildi

Falastin qarshilik kuchlari Isroil o‘t ochishni to‘xtatib, armiyasini Falastin hududidan olib chiqib ketgunga qadar yarashuv taklifini qabul qilmaydi, dedi “Islom jihodi” harakati vakili Ismoil Sandaviy “RIA Novosti”ga. Uning ta’kidlashicha, yarashuv keng qamrovli va doimiy bo‘lishi kerak.

Pokistonda yana bir portlash

Birinchi portlash avvalroq siyosiy partiyaning Belujiston viloyati Pishin okrugidagi qarorgohida sodir etilgan. O‘shanda 12 kishi qurbon bo‘lgan, 30 dan ziyod odam jarohat olgan edi. “Geo” telekanali ma’lum qilishicha, ikkinchi portlashdan keyin halok bo‘lganlar soni 25 kishiga yetgan, 40 kishi jarohat olgani aytilyapti.

Xitoyning  Markaziy Osiyoga eksportida Shinjon yetakchi

Urumchi shahri bojxona statistikasi ma’lumotiga ko‘ra, XXR Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumani bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida amalga oshirilgan tovar ayrboshlash miqdori 2023 yil 283,67 milliard yuanni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich avvalgi yilga nisbatan 50 foiz o‘sishni bildiradi. Shinjon tashqi savdo aylanmasida Markaziy Osiyo mamlakatlari ulushi 79,4 foizni tashkil etdi, deb yozdi “Jenmin jibao” gazetasi.

Kongress Ukrainasiz Isroilga yordam bo‘yicha qonun loyihasini ma’qullamadi

AQSH Vakillar palatasi Isroilga yordam haqidagi qonun loyihasini ma’qullamadi, chunki hujjatga Ukraina uchun ko‘zda tutilgan mablag‘ kiritilmagan edi.

Loyiha ma’qullanishi uchun kongressmenlarning uchdan ikki qismi ovoz berishi kerak.

Avvalroq senatorlar murosaga kelingan byudjet haqidagi Ukraina va Isroilga yordam ko‘rsatish hamda mamlakatning janubiy chegaralarida yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf qilish uchun 118,3 milliard dollar ko‘zda tutilgan qonun loyihasini taklif qilgan edi.

Gaiti prezidenti o‘ldirilishida uning rafiqasi gumonlanyapti

Gaiti Prezidenti Jovenel Moizni o‘ldirishda gumonlangan shaxslar ro‘yxatida, bexos, uning rafiqasi nomi ham paydo bo‘ldi, deb yozdi “New York Times” sud hujjatiga tayanib.

Prokurorning sudga topshirgan arizasida marhum prezidentning rafiqasi Martin Moiz nomi ham zikr etilgan. Ta’kidlanishicha, birinchi xonimning tergovdagi ko‘rsatmasi boshqa guvohlar bergan ko‘rsatmaga zid kelmoqda. Aytishlaricha, u prezidentlik lavozimini egallamoqchi bo‘lgan.

Saidmurod Rahimov tayyorladi.

O‘zA