Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo voqealari qisqa satrlarda
18:27 / 2024-02-02

Yevroittifoq yordami Ukraina maqsadi uchun yetarli emas!

Ukrainaga Yevropa Ittifoqi byudjetidan ajratilgan 50 milliard yevrolik yordam to‘plami Kiyevning Rossiya Federatsiyasi bilan davom etayotgan nizoni hal qilish maqsadi uchun kamlik qiladi, deb yozdi Ispaniyaning “Pais” gazetasi.

Kecha YeI yetakchilari 2024-2027 yillar uchun Ukrainaga ajratiladigan 50 milliard yevro miqdoridagi ko‘mak paketini tasdiqladi. Ushbu mablag‘ning 17 milliardi grant, 33 milliardi kredit ko‘rinishida beriladi.

Qozog‘istonda SHHT raqamli anjumani bo‘lib o‘tmoqda

Olmaota shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti raqamli forumi boshlandi, deb yozgan “Sinxua” agentligi.

– SHHT doirasidagi hamkorlik mamlakatlarimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish uchun yangi ufq ochadi, – dedi “Qazpochta”  kompaniyasi boshqaruvi raisi Asel Janasova. – Birgalikda ayni sohada sezilarli yutuqlarga erishishimiz mumkin.

Xorijda yashayotgan qirg‘izistonliklar soniga aniqlik kiritildi

“Ata-Jurt Qirg‘izistan” parlament fraksiyasi va “Mekenchil” deputatlar guruhi ishtirokida kechgan majlisda madaniyat, ijtimoiy ta’minot va migratsiya vaziri o‘rinbosari Nurdoolot Bazarbayev Qirg‘izistonning migratsiya to‘lqini o‘zgarayotganini ta’kidladi.

– Vatandoshlarimiz Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, AQSH, BAA, Janubiy Koreya, Italiya, Avstriya, Buyuk Britaniya singari dunyoning 33 mamlakatida o‘qimoqda, mehnat faoliyatini olib bormoqda – dedi mulozim. – Rossiyaga ketuvchilar kamayib borayotgani kuzatilyapti. Hozir jami 408 ming kishi chet elga chiqib ketgan.

Makron Rossiya haqida keskin bayonot berdi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 milliard dollarlik yordam dasturi tasdiqlangandan keyin Rossiya haqida keskin bayonot berdi, deb yozdi “Le Figaro” gazetasi.

“Ishora tushunarli: Rossiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda yevropaliklarning, qandaydir, charchog‘idan umid qilmasligi kerak”, ta’kidladi u.

OAV yozishicha, sammit Kiyevga pul ajratish masalasini har yili muhokama qilishga kelishib olgan va zarurat tug‘ilsa, ikki yildan keyin yordam miqdori qayta ko‘rib chiqiladi.

AQSH Eron va Iroqqa qachon zarba berishi ma’lum qilindi

AQSH amerika harbiy bazalariga uyushtirilgan hujumga javob sifatida yaqin kunlarda Eronning Iroq va Suriyadagi ob’ektlariga zarba berishi mumkin, deb yozdi “Wall Street Journal” Vashingtondagi mansabdor shaxslarga tayanib.

“Javob harakati keyingi dam olish kunlarida amalga oshirilishi mumkin”, – deyiladi xabarda.

Polshada demografik inqiroz chuqurlashmoqda

Polsha aholisi o‘tgan yil 137 ming kishiga kamaygan. Bu raqamni mamlakat bosh statistika boshqarmasi keltirdi.

O‘tgan yil 272 ming bola tug‘ilgan, bu avvalgi yildan 11 foiz kam. Qolaversa, mamlakatda reproduktiv yoshdagi ayollar soni ham kamaymoqda.

Bayden Erdog‘anni AQSHga taklif qilishi mumkin

AQSH Prezidenti Jo Bayden turkiyalik hamkasbi Rejep Tayyip Erdog‘anni AQSHga taklif etishi mumkin, deb yozgan “Hürriyet” gazetasi.

Ta’kidlanishicha, “agar AQSH Turkiyaga nisbatan “yaxshi niyatini” namoyon qilishda davom etsa va muayyan takliflarni ilgari sursa, o‘zaro munosabatda yangicha vaziyat yuzaga keladi”.

 

Saidmurod Rahimov tayyorladi.

O‘zA