Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo voqealari qisqa satrlarda
18:56 / 2024-01-26

Kolumbiyada taniqli jurnalist otib ketildi

Kolumbiya erkin matbuot jamg‘armasi – FLIP xabar tarqatishicha, jurnalist, “Sonora Estyereo” radiostansiya direktori Mexiy Mendos 24 yanvar kuni tunda mamlakat shimolidagi Sukre muzofotida otib ketilgan.

Hukumat manbasi ta’kidlashicha, qotillik Mexiyning kasbiy faoliyatiga aloqador bo‘lishi mumkin, chunki u hududda tanilgan jurnalistlardan edi.

BMT: Rossiya va Kiyevning Il-76 halokati bilan bog‘liq bayonotini tekshirish imkoni yo‘q

24 yanvar kuni Belgorod viloyatida Rossiyaning Il-76 harbiy-transport samolyoti halokatga uchragan edi. RF tarafi ma’lum qilishicha, uchoqda 65 ukrainalik asir, 6 nafar ekipaj a’zosi va yana uch kishi – Rossiya harbiy xizmatchilari bo‘lgan. Ukraina esa samolyot Rossiya harbiy tizimi uchun raketa keltirayotganini iddao qilmoqda.

– Tushunishimizcha, Rossiya va Ukraina bir-biridan mustaqil ravishda  surishtiruv olib boryapti, Ukraina xalqaro tekshiruv o‘tkazishni ham so‘ragan, – dedi BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida Bosh kotibning siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarlo halokatga izoh berarkan. Uning ta’kidlashicha, BMT ushbu hodisa haqidagi ma’lumot rost yoki yolg‘onligini tekshirib ko‘rolmaydi.

Pxenyan va Seul o‘rtasida qurolli mojaro bo‘lishi mumkin

KXDR hukumati yaqin bir necha oy ichida Janubiy Koreyaga qarshi harbiy harakat boshlab ko‘rishi mumkin, deb yozdi “New York Times Amerika ma’muriyati xodimi bergan ma’lumotga tayanib.

Vakil fikricha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning so‘nggi bayonotlari anchayin tajovuzkor, vaziyatni jiddiy qabul qilish kerak.

Nashr yozishicha, KXDR rahbarining o‘ziga ishonchi ortayotgani, ehtimol, Rossiya bilan hamkorlik kengayib borayotgani bilan bog‘liq.

Yaponiyada zilziladan ko‘rilgan zarar miqdori ma’lum qilindi

Yaponiya hukumati ma’lum qilishicha, yanvar oyi boshida yuz bergan zilzila oqibatida infratuzilmaga yetgan zarar miqdori 2,6 trillion iyena (17,6 milliard dollar)ga yetishi mumkin, deb yozdi “Kyodo News” agentligi.

Xitoyda yer ko‘chishi qurbonlari soni 44 kishiga yetdi

Xitoy janubi-g‘arbidagi Yunnan muzofotida yer ko‘chishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 kishiga yetdi, deb yozdi “Sinxua” agentligi.

Bir kun avval 34 kishi qurbon bo‘lgani, 10 kishi bedarakligi haqida ma’lumot berilgandi. Halokat yuz bergan hududdan mingga yaqin odam xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

AQSH va ittifoqchi davlatlar qancha ukrainalik askarni o‘qitdi?

AQSH va taxminan 30 ga yaqin ittifoqchi davlat jami 118 ming ukrainalik  harbiyni tayyorgarlikdan o‘tkazdi, deb yozdi “Assoshieyted Press agentligi Qo‘shma Shtatlarning Yevropa va Afrikadagi armiyasi qo‘mondonligi vakili polkovnik Martin O'Donnellga tayanib.

Taxminan 18 ming askar AQSHda, 16,3 ming harbiy Germaniyada tayyorgarlikdan o‘tgan.​​

 

Saidmurod Rahimov tayyorladi.

O‘zA