French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo voqealari qisqa satrlarda
16:12 / 2023-05-07

7 may kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi.

Tashrif davomida Qirg‘iziston va Rossiya Prezidentlari kun tartibida turgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Sadir Japarov  9 may kuni Moskvada bo‘ladigan G‘alaba paradida faxriy mehmon sifatida qatnashadi.

 

Jazoirning BRIKSga a’zo bo‘lishi mamlakat taraqqiyotiga shu vaqtgacha xalqaro moliya tashkilotlari ko‘rsatib kelayotgandan ko‘ra ko‘proq yordam beradi, dedi Prezident Abdulmajid Tebbun mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda.

Uning ta’kidlashicha, BRIKSning bank kapitali bugungi kunda Jahon banki kapitalidan 100 milliard dollarga ko‘p.

Turkiyaning Xatay viloyatida ro‘y bergan yo‘l transporti hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi, deb yozdi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Avvalroq tarqatilgan xabarda, yuk avtomobili yoqilg‘i quyish shaxobchasida navbatda turgan boshqa avtomobilni surib yuborgan. Natijada yong‘in chiqqan va yuk avtomobili hamda ikkita mikroavtobus yonib ketgani aytilgan edi. 

 

 

Birlashgan Arab Amirligi Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) bilan muloqot bo‘yicha rasman hamkor maqomini oldi, deb yozmoqda WAM agentligi.

Nashrning ta’kidlashicha, SHHT bilan muloqot bo‘yicha hamkor maqomi Abu-Dabining barcha mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirishga intilayotganini bildiradi.

 

 

“Suriyani Arab davlatlari ligasiga qaytarish bo‘yicha qaror, yakshanba kuni tashkilotga a’zo mamlakat tashqi ishlar vazirlarining  navbatdan tashqari uchrashuvida qabul qilishi mumkin”, degan mazkur tashkilot bosh kotibining rasmiy vakili Jamol Rushdi RIA Novostiga.

 

 

 

 COVID-19 hech qachon butunlay yo‘q bo‘lmaydi, chunki uning hayvondan insonga o‘tishi  ushbu vazifani murakkablashtiradi, faqat uning oqibatlari bilan kurashish mumkin, dedi brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dastur ijrochi direktori Mayk Rayan.

O‘tgan juma kuni JSST 2020 yilda e’lon qilingan COVID-19ning global pandemiya maqomini bekor qildi.

 

 

Janubiy Koreyada AQSHning qiruvchi samolyoti halokatga uchradi, deb xabar tarqatdi CNN telekanali.

Xabarda keltirilishicha, fojia Osan aviabazasidan uzoq bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi maydonida yuz bergan. Harbiylarning ma’lum qilishicha, uchuvchi katapult yo‘li bilan omon qolgan. Aholi o‘rtasida qurbonlar yo‘q, deyiladi xabarda.

 

Saidmurod Rahimov, O‘zA